O‘zbekiston | 08:38 / 01.08.2025
1297
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yangi multimodal transport koridorida ishtirok etadi

"Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston" multimodal transport koridorini rivojlantirish vazifalari kelishib olindi.

Foto: Dunyo

"Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston" multimodal transport koridorini rivojlantirish bo‘yicha ishchi guruhning onlayn yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, transport vaziri o‘rinbosari Jasur Choriyev ishtirok etgan yig‘ilishda yangi multimodal transport koridori orqali yuk tashuvlarini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar har bir davlat hududi orqali o‘tuvchi xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish sohasidagi loyihalarni o‘zaro muvofiqlashtirishga kelishib oldi.

2023 yilning noyabr oyida Toshkentda Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT) davlatlarining birinchi transport forumi doirasida Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston xalqaro transport koridorini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolangan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid