Rossiyada internetga ulaniş tezligi va sifatini ölçaydigan Amerikaning Ookla kompaniyasining Speedtest xizmatiga kiriş bloklandi, deb xabar berdi Rossiya OAV. Roskomnadzor (RKN) blokirovkani «jamoat aloqa tarmoği va internetning Rossiya segmenti xavfsizligiga tahdidlari aniqlangani» bilan izohladi. RKN «işonçli Rossiya servislaridan foydalaniş» tavsiya etilganini qöşimça qildi va "ProSet" xizmati — «ma’lumotlarni uzatiş tezligini tekşiriş uçun mahalliy yeçim» haqida eslatdi.
Roskomnadzor 2024 yil iyun oyida öz mutaxassislari mobil qurilmalarda aloqa sifatini tekşiriş uçun "ProSet" deb nomlangan ilovani yaratganini ma’lum qildi.
Rossiyada Speedtest bloklanişi mumkinligi ötgan yilning oktyabr oyida ma’lum bölgan edi. Öşanda Roskomnadzor «xizmat faoliyati Rossiya Federatsiyasi hududida Internet va umumiy aloqa tarmoği faoliyati barqarorligi, xavfsizligi va yaxlitligiga tahdid solayotgani aniqlansa, bu sodir bölişini» bildirdi.
2023 yil oktyabr oyida Moskva sudi Ookla kompaniyasini Rossiyada ma’lumotlarni mahalliylaştirişni qayta rad etgani uçun 6 million rubl jarimaga tortdi.











