AQŞ va Şimoliy Atlantika alyansi Ukrainaga harbiy yuklarni moliyalaştirişning yangi mexanizmini işlab çiqmoqda — bu haqda 1 avgust, juma kuni Amerika va Yevropa manbalariga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi. Ularga köra, NATOga a’zo bölgan Yevropa davlatlari bu ta’minot uçun pul tölaydi.
Kiyev Ukraina Qurolli kuçlari uçun eng zarur bölgan qurollar röyxatini tuzişi rejalaştirilgan — Priority Ukraine Requiremens List (PURL). Şimoliy Atlantika alyansi davlatlari Ukrainaga uşbu röyxatdagi qurollarni yetkazib beradi, ularni öz zaxiralaridan oladi yoki AQŞdan sotib oladi. Bu jarayonni NATO boş kotibi Mark Ryutte muvofiqlaştiradi.
Yetkazib berişlar har biri taxminan 500 million dollar turadigan paketlarda amalga oşirilişi rejalaştirilgan. Yevropa rasmiysining Reuters agentligiga aytişiça, jami NATO ittifoqçilari şu yöl bilan Ukrainaga 10 milliard dollarlik qurol yetkazib berişni kutmoqda. Agentlik suhbatdoşi buni qança muddatda amalga oşiriş rejalaştirilganiga aniqlik kiritmadi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp 10 iyul kuni Qöşma Ştatlar NATO qurollarini sotişini, söngra alyans uni Ukrainaga yetkazib berişini aytdi. Oq uy rahbari öşanda bu sxema tafsilotlarini oşkor qilmagan.











