Apellyatsiya kengaşi – Davlat bojxona qömitasi huzuridagi idoralararo kollegial organ bölib, faoliyati Özbekiston Konstitutsiyasi, qonunlari va boşqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida amalga oşiriladi.
Apellyatsiya kengaşining asosiy vazifalari:
- bojxona tartibga soliş sohasida tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilişi bilan boğliq murojaatlarni örganiş;
- aniqlangan muammolarni bartaraf etiş böyiça takliflar işlab çiqiş va tavsiyalar beriş;
- bojxona bojlari, tovarlarning bojxona qiymatini aniqlaş, berilgan imtiyozlarni amalga oşiriş bilan boğliq nizoli holatlarni hal etişga kömaklaşiş;
- qonunbuzilişlarning oldini oliş maqsadida bojxona organlariga uslubiy yordam körsatiş.
Apellyatsiya kengaşiga quyidagi huquqlar berilgan:
- davlat organlari va boşqa taşkilotlardan zarur ma’lumotlarni sörab oliş;
- mavzularni körib çiqişda mustaqil ekspert va mutaxassislarni jalb etiş;
- tadbirkorlarning murojaatlariga oid taklif va tavsiyalardan iborat xulosalar tayyorlaş.
Murojaatlarni körib çiqiş muddati – iş kunlari hisobida 15 kungaça. Qöşimça örganiş va materiallar sörab oliş zarur bölganda – 1 oygaça. Alohida hollarda, kengaş raisi qarori bilan muddat yana 1 oyga uzaytirilişi mumkin.
Apellyatsiya kengaşi kamida 15 nafar a’zodan iborat tarkibda tuziladi. Tarkibga rais, uning örinbosari, kotib va kengaş a’zolari kiradi. Ular davlat organlari, ilmiy jamoatçilik va biznes hamjamiyati vakillaridan iborat böladi. Xulosalar yozma şaklda rasmiylaştiriladi va barça qatnaşçilar tomonidan imzolanadi. Alohida fikr bölsa, yozma şaklda bildirilib, iş materiallariga ilova qilinadi.
Apellyatsiya kengaşining xulosalari tavsiyaviy xarakterga ega. Bunday xulosani olgan bojxona organi 3 iş kuni içida uni bajariş töğrisida yoki uni rad etiş asoslarini körsatgan holda yozma ravişda xabar berişi şart.
Apellyatsiya kengaşi faoliyatining moliyalaştirilişi Davlat bojxona qömitasining budjetdan taşqari mablağlari va qonunçilikka zid bölmagan boşqa manbalar hisobiga amalga oşiriladi.










