Agar HAMAS jangçilari qurollarini taşlab, garovga olinganlarni ozod qilsa va sektorda hokimiyatdan voz keçsa, Ğazodagi uruş tugaydi. Bu haqda Germaniya taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful Tel-Avivga uçişidan oldin aytib ötdi. Uning sözlari TIV saytida e’lon qilingan.
«Germaniya Isroil tomonida bölişda davom etib, HAMAS nihoyat garovga olinganlarni, jumladan, Germaniya fuqarolarini ozod etişini, qurolsizlanişini va Falastin hududlaridagi siyosiy ta’sirini töxtatişini ta’minlaşga intiladi. Harakat boşqa heç qaçon Isroilga tahdid solmasligi kerak», — dedi Vadeful.
«Muzokaralar olib borişga urinişlar davom etayotganiga qaramay, HAMAS haligaça taslim bölişni va bu uruşni tugatişni istamayapti», — deyiladi Taşqi işlar vazirligi bayonotida.
Şu bilan birga, vazirlik Ğazo sektoridagi vaziyatning keskinlaşganini e’lon qildi. «Germaniya Isroil oldidagi alohida mas’uliyatini tan oladi. Ammo Ğazo sektoridagi vaziyatning keskin yomonlaşişi Germaniyani befarq qoldira olmaydi va qoldirmaydi ham», deyilgan TIV saytida.










