Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan beri uşbu uruşda kamida 121 507 rossiyalik harbiy halok böldi, ularning ismlarini "Mediazona" va Britaniyaning BBC rus xizmati jurnalistlari köngillilar jamoasi bilan birgalikda aniqladi. Oxirgi ma’lumotlar 1 avgust, juma kuni "Mediazona" tomonidan taqdim etilgan. 18 iyuldan beri oçiq manbalardan yana 2353 ta ism aniqlangan.

"Mediazona" veb-saytidagi statistik ma’lumotlarga köra, eng köp halok bölganlar Boşqirdiston (5 889 kişi), Tatariston (5 565), Yekaterinburg (4 377) va Çelyabinsk (3 649) aholisi bölgan. Halok bölganlarning 27,3 foizi (33 152 kişi) köngillilar, 14,8 foizi (17 964 nafar) mahkumlar va 11 foizi (13 356 nafar) safarbar qilinganlar. Eng yirik yoş guruhlari 33-35 (11 794 kişi), 36-38 (11 614), 39-41 (10 625) va 30-32 (10 366) bölgan. Ukrainada Rossiya armiyasi va boşqa xavfsizlik kuçlarining 5432 zobiti, jumladan, 12 general halok bölgan.

Jurnalistlarning ta’kidlaşiça, rus armiyasining uruşdagi haqiqiy yöqotişlari köproq, çunki rossiyalik harbiylarning ölimi haqidagi barça xabarlar ham oçiq manbalarda e’lon qilinmaydi.

14 iyul kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçraşuvda NATO boş kotibi Mark Ryutte Rossiya armiyasi birgina 2025 yil boşidan beri Ukrainada 100 ming askarini yöqotganini aytdi. Aprel oyida NATO 250 ming kişi halok bölgani va 650 ming rossiyalik yaralangani haqida ma’lumot bergan edi.