2 avgust kuni ötkazilgan Senatning töqqizinçi yalpi majlisida hududlarda infratuzilmani rivojlantiriş va qurilişlarni tartibga soliş böyiça körilayotgan çoralar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament sörovi yuboriş masalasi körib çiqildi.
Senator Erkin Gadoyevning ma’lum qilişiça, ayrim hududlardagi infratuzilmani rivojlantiriş va qurilişlarni tartibga solişda sohaga oid qonun hujjatlariga töla rioya qilinmasligi, noqonuniy, ayniqsa, köp qavatli uylarga tutaş hududlarda özboşimçalik bilan amalga oşirilayotgan qurilişlar va umumiy foydalaniş joylarini tösib oliş kabi holatlarning oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlar talab darajasida emas.
Şuningdek, xalqaro moliya institutlari iştirokida amalga oşirilayotgan loyihalarda quriliş işlarini boşlaşgaça bölgan tayyorgarlik jarayonida texnik-iqtisodiy asoslarni tasdiqlaş va moliyalaştiriş şartlarini kelişişdagi keçikiş holatlari quriliş işlarining belgilangan muddatlarda boşlanişiga tösqinlik qilyapti.
Ta’kidlanişiça, texnik-iqtisodiy asoslari işlab çiqilmagan, aniq hisob-kitobi yöq loyihalarga taşqi qarz jalb qiliş holatlari mavjud.
Xususan, tibbiyot sohasini rivojlantiriş maqsadida jalb qilingan umumiy qiymati 300 mln dollarga teng 3 ta loyiha böyiça texnik-iqtisodiy asoslari işlab çiqilmagani sababli xalqaro moliya institutlari mablağlaridan bir yil va undan ortiq muddatdan beri foydalanilmasdan kelinmoqda.
Masalan, 2024 yil maydagi qarz bitimiga asosan Toşkent şahrida 120 öquv örniga ega bölgan qiymati 70 mln dollarlik tibbiyot oliy ta’lim maskanini barpo etiş loyihalari böyiça texnik-iqtisodiy asos hanuzgaça işlab çiqilmagan.
Şuningdek, 2024 yil va 2025 yilning ötgan davri mobaynida köp kvartirali uylarning texnik holati bilan boğliq 8 mingdan ortiq qonunbuziliş holatlari sodir etilgan. Şundan, 431 ta tayanç konstruksiyalar, 2,6 mingta tösiq konstruksiyalar buzilgan, 3,3 mingdan ortiq köp kvartirali uylarga tutaş maydonlarda noqonuniy qurilmalar qurilgan, 1,8 mingdan ortiq umumiy foydalanişdagi joylar özboşimçalik bilan tösib olingan.
Quriliş taşkilotlari tomonidan belgilangan qonun va qoidalarga rioya etilmagani oqibatida 2024 yil va 2025 yilning ötgan davri davomida özboşimçalik bilan qurilgan uy-joy yoki boşqa qurilmalarni buzişga doir fuqarolik sudlarida körilgan 11 mingdan ortiq işdan 8,3 mingtasi (75 foizi) qanoatlantirilib, noqonuniy qurilmalarni buziş töğrisida sud qarorlari çiqarilgan.
2023−2024 yillarda köp kvartirali uylar qurilişida loyiha hujjatlarini işlab çiqişdan tortib foydalanişga topşirişgaça bölgan jarayonlarda 5,5 mingta holatda qonunçilik talablari buzilgan.

















