Unga köra, elçixona va konsulliklar 7 avgustga qadar xorijiy davlatlarning deportatsiya markazlaridagi özbekistonlik fuqarolarni aniqlaydi va röyxatni Migratsiya agentligiga taqdim etadi.

15 avgustgaça şaxsiy ma’lumotlari yetarli bölmaganlar uçun zarur hujjatlarni tayyorlab, ikkinçi röyxatni agentlikka yuboradi.

Migratsiya agentligi taqdim etilgan röyxat asosida 1-3 iş kuni içida aviaçiptalarni xarid qiladi.

Fuqaro migratsiya agentligiga töğridan töğri murojaat qilsa, agentlik xodimlari 1-2 soat içida boğlanadi va hujjatlarni masofaviy qabul qiladi. Arizani 1 kun içida körib çiqib, 2 kun muddatda yöl çipta bilan ta’minlaydi.

Mahalliy hokimliklar, Bandlik vazirligi, Oila va xotin-qizlar qömitalari, vatanga qaytarilgan fuqarolarni ruhiy, ijtimoiy va iqtisodiy moslaştiriş işlarini amalga oşiradi.

Aksiya joriy yil 30 iyuldan 30 avgustgaça davom etadi. Birinçi navbatda Turkiya, Rossiya, Qozoğiston, BAA, Saudiya Arabistoni, Hindiston, AQŞ va Janubiy Koreyada deportatsiya markazlarida saqlanayotgan ayollar va bolalar qaytariladi.