Qarorga köra, 2025 yil 12 mart kuni Parij şahrida imzolangan quyidagi xalqaro şartnomalar tasdiqlandi:

🔹 Özbekiston hukumati bilan Fransiya hukumati örtasida diplomatik pasport egalarini qisqa muddatli viza talablaridan özaro ozod etiş töğrisidagi bitim;
🔹 Özbekiston hukumati bilan Fransiya hukumati örtasida rasmiy vakolatxonalar xodimlarining oila a’zolari tomonidan haq tölanadigan faoliyatning amalga oşirilişi töğrisidagi bitim.

Taşqi işlar vazirligi uşbu xalqaro şartnomalarni amalga oşiriş uçun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi. 

Vazirlar Mahkamasi hamda tegişli vazirlik va idoralarning rahbarlari uşbu xalqaro şartnoma kuçga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oşirilişi ustidan nazoratni ta’minlaydi.