Muloqot çoğida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlaş, özaro sayyohlar oqimini oşiriş, soha uçun kadrlar tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş, turizm sanoati vakillari örtasida töğridan töğri aloqalarni rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Qöşma dasturlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş orqali soha rivojiga hissa qöşiş yuzasidan fikr almaşildi.
Ta’lim va kasbiy tayyorgarlik sohasida, jumladan turizm yönalişidagi oliy ta’lim muassasalari örtasida manfaatli hamkorlikni kuçaytiriş, özaro ta’lim grantlari ajratiş, talabalar va mutaxassislar almaşinuvini yölga qöyiş uşbu tarmoqni yanada rivojlantiriş, istiqbolda ikki mamlakat iqtisodiyotida uning uluşini oşirişga xizmat qilişi ta’kidlandi.
Bundan taşqari, tomonlar mutasaddi vazirlik va idoralar örtasida bevosita muloqotni yölga qöyiş, ikki mamlakat fuqarolariga viza rasmiylaştiriş jarayonlarini yanada soddalaştiriş, uşbu jarayonga zamonaviy xalqaro standartlarining joriy qiliş mexanizmlarini muvofiqlaştiriş borasidagi takliflarni körib çiqdi.
Muzokaralar natijasida avgust oyida Özbekiston va Pokistonning turizmga mas’ul taşkilotlari, turoperatorlar uyuşmalari hamda işbilarmon doiralar iştirokida onlayn turizm forumini ötkaziş, yangi ziyorat turizmi marşrutlarini işlab çiqiş, ikki mamlakatning turizm salohiyatini tarğib qiluvçi teledasturlar suratga oliş, sohaviy oliy ta’lim muassasalari örtasida anglaşuv memorandumlarini imzolaşga kelişib olindi.











