Xiva tumanida xususiy boğça rahbari bolaga zöravonlik qildi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarni Xorazm viloyati MMTB tasdiqladi.
Qayd etilişiça, voqea 29 iyul kuni röy bergan. Boğça rahbari J.M. tayyorlov guruhiga rus tili fanidan qatnaşib yurgan U.Ş.ni şe’rni yodlab kelmagani uçun uning çap yelka sohasini qöli bilan qattiq siqib, tan jarohati yetkazgan.
Bolaning yaqinlari tuman IIBga murojaat qilgan va holat IIB boşliğining birinçi örinbosari iştirokida muhokama qilingan. Ayni paytda tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Mazkur voqea böyiça tegişli huquqiy baho beriş, bola huquqlari va xavfsizligini ta’minlaş yuzasidan barça zarur çoralar körilayotganini ma’lum qilamiz.
Maktabgaça ta’lim muassasalarida bolalarga nisbatan har qanday zöravonlik holatlariga mutlaqo yöl qöyilmasligi qat’iy nazoratga olingan”, – deyiladi MMTB axborotida.
Avvalroq Ğijduvonda bolalarni kaltaklagan tarbiyaçi işdan olingan edi.











