Toşkentdagi Yangi Özbekiston köçasi böyiga ekilganiga köp bölmagan pavloniya daraxtlari nobud bölyapti. Köça böyidagi quriliş işlari sabab, ularni suğoriş töxtab qolgan bölişi mumkin. Ekologiya vazirligi va poytaxt hokimligi holatga izoh bermadi. Kun.uz muxbiri qurib borayotgan daraxtlarni tasvirga tuşirdi.
Yölning ikki tarafida yuzdan ortiq pavloniya daraxtlari qurib boryapti. Köçaning har ikki tomonida quriliş işlari olib borilyapti. Daraxtlar ayni yoz jaziramasini suvsiz ötkazayotganiga şu qurilişlar sabab bölişi mumkin.
Qolaversa, tuproq surilganda, ayrim daraxtlarning tomir qismi oçilib qolgan.
Toşkent şahar ekologiya boşqarmasi matbuot xizmati holatni biz bilan birga joyiga kelib örganişni va’da qilgan edi, lekin bunday bölgani yöq. Şahar hokimligi ham bu mavzudagi savollarni javobsiz qoldirdi.
Şu yerda işlayotgan vatandoşlardan biri Yangi Özbekiston köçasi kengayayotganini, 21 kmlik veloyölak taşkil qilinayotganini aytdi. Lekin boşqa tafsilotlar noma’lum.










