Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 3 avgust, yakşanba. Ortda qolayotgan hafta voqealarga boy böldi. Putin Trampning ultimatumiga javob berdi, Medvedev AQŞga «yadroviy qiyomat-qoyim» bilan tahdid qildi. Tramp bunga javoban atom suvosti kemalarini Rossiya yaqiniga yubordi. Bir söz bilan aytganda, Rossiya va AQŞ yöq joydan yadroviy töqnaşuv tomon qadam taşladi. Quyida haftaning ba’zi muhim voqealarini birgalikda eslaymiz.
Putin javob berdi
Hafta boşi unçalik voqealarga boy bölmayotgandi, lekin hafta yakunida Putin, Medvedev, Lukaşenko va Tramp kabi siyosatçilar intrigani oşirib berişdi. Masalan, juma kuni Vladimir Putin Kareliya orolidagi çerkovga dösti Aleksandr Lukaşenkoni çaqirib, u yerdagi poplar iştirokida diniy amallarni bajardi. Putin yo Lukaşenko yoki poplar bir kadrda körindimi, bilavering – Rossiya prezidenti qandaydir jiddiy gap aytmoqçi. Odatda şunaqa bölgan. Bu gal u ham Lukaşenko bilan uçraşdi, ham çerkovda şam uşlagan köyi köriniş berdi.
Diniy amallar tugagaç, Lukaşenko va Putin çerkov hovlisida sayr qilib, örindiq holiga keltirilgan kundaga ötirib dam olişdi. Va şu payt qöliga mikrofon kötargan jurnalistlar guruhi paydo böldi. Ular Putindan «Tovariş glavnokomanduyuşiy, Amerika degan davlat prezidenti Tramp sizga muddat berişga jazm qildi, unga qanday javob berasiz?» deyişdi.
Putin xotirjamligini tabassum bilan körsatişga urinib, «bu borada aytajak birinçi gapim şuki, biz «Oreşnik» raketasini seriyali işlab çiqarişni boşladik», dedi. Bu gapning tarjimasi şunday böladi: «Trampmi, undan kattasimi, kim bölsa ham menga şart qöyolmaydi, ular muddat belgilasa, men raketa çiqaraman, heç kimga qarab iş qilmayman».
Lukaşenko Putinning gaplarini quvvatlab, Ukrainani «yugurib kelib Putin bilan kelişişga» çaqirdi. «Aks holda bir, bir yarim oyda ruslar hammasini egallab oladi», deb qöşimça qildi bir vaqtlar Özbekistonga aql örgatişga uringan Lukaşenko. Lekin Batka şu yerda senzuraga uçradi. Putinga uning «ruslar egallab oladi» degan gapi yoqmadi-da, «qaytib olişadi deng, bu yerlar bizniki», dedi. Ya’ni öz vaqtida Ukraina hududiy yaxlitligini rasman tan olgan Putinga köra Ukraina yerlari Rossiyaga tegişli ekan. Qaysi hujjatga köra? Janob Putin bunisini aytmadi.
Tramp va Medvedev bahsi
Bu hafta «Rostelekom» raisi, darvoqe, 4 yil Rossiyada prezident ham bölib işlagan Dmitriy Medvedev AQŞ prezidenti Tramp bilan tortişib qoldi. Töğriroği, Tramp Rossiya sobiq prezidenti bilan tortişdi. AQŞ prezidenti rossiyalik hamkasbi Putinga Kiyev bilan sulh imzolaş uçun ön kun muddat bergandi. Medvedev bunga javoban Trampning gaplari sabab Rossiya va AQŞ uruşib ketişi mumkinligini aytdi.










