Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO Estoniyaga harbiy korpus joylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
NATO korpusini joylashtirish uchun infratuzilma yaratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu maqsad uchun Estoniya mudofaa vazirligi 17 mln yevro ajratishni rejalashtirgan.
Foto: TASS
NATO Estoniyaning Pyarnu shahriga ittifoqchi kuchlarning Germaniya-Niderlandiya korpusini joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Bu haqda ERR teleradiokompaniyasi mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
"Bu mudofaa kuchlarimiz uchun strategik muhim qadam bo‘ladi", - deb ta’kidlagan Estoniya mudofaa vazirligi.
Xabar qilinishicha, bu masala bo‘yicha yakuniy qaror 2025 yil davomida qabul qilinadi. NATO korpusini joylashtirish uchun infratuzilma yaratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bu maqsad uchun mamlakat mudofaa vazirligi 17 mln yevro ajratishni rejalashtirgan.
Mavzuga oid
10:44
Bolton: Ukraina NATOga kirishga intilishdan voz kechmasligi kerak
23:10 / 18.12.2025
Estoniya Rossiya harbiylari chegarani buzganini ma’lum qildi
14:44 / 16.12.2025
NATOdan tashqari, lekin shunga o‘xshash kafolat: Rossiya bunga rozi bo‘ladimi?
15:29 / 12.12.2025