Rossiyaning TASS davlat axborot agentligi Qoraboğning ma’muriy markazini Stepanakert deb ataşi ortidan Ozarboyjondagi Minval naşri öz materiallarida Rossiyadagi joy nomlarini özgartira boşladi. Şahar SSSR davrida hamda tan olinmagan Toğli Qoraboğ tarkibida bölganida şunday atalgan. Hozirda esa uning nomi Xonkandi hisoblanadi.

Şaharning tarixiy nomi Xonkandi bölib, bu joydagi aholi yaşaş manzili kamida XVIII asrdan buyon şunday nomlab kelingan. 1923 yilda endigina taşkil etilgan Ozarboyjon SSR hukumati şaharni armanistonlik inqilobçi, Boku kommunasi rahbari Stepan Şaumyan şarafiga Stepanakert deb qayta nomlagan. 1991 yilda SSSR tarkibidan çiqqanini e’lon qilgan Ozarboyjon hukumati Xonkandiga asl nomini qaytaradi. Ammo öşa vaqtda bu qaror faqat rasmiy edi: şahar amalda 2023 yilga qadar tan olinmagan Toğli Qoraboğ respublikasi tarkibida qoldi va armanlar Stepanakert nomidan foydalanişda davom etişdi.

TASS agentligi 31 iyul kuni şaharda Ivan Ayvazovskiyning haykali buzib taşlanişi haqida xabar berdi. Ayvazovskiyning millati arman bölib, tuğilgandagi ismi-şarifi Ovannes Ayvazyan bölgan. Unga haykal 2021 yil dekabrida, hudud tan olinmagan Toğliq Qoraboğ respublikasi tomonidan nazorat qilingan davrda qöyilgan hamda uning oçilişida öşanda regionda harakatlangan rossiyalik tinçlikparvar kuçlar qatnaşgan. TASS xabarida şahar Stepanakert deb atalgan.

Öşa kuni keçqurun Ozarboyjon TIV TASS agentligidan uzr söraşni talab qilib, davlat agentligi tomonidan Stepanakert nomidan foydalaniş «Ozarboyjonning hududiy yaxlitligini hurmat qilmaslik va haqorat sifatida hisoblanişini»ni ta’kidladi.

Ozarboyjon Taşqi işlar vazirligi agar «sobiq ayirmaçi qöğirçoq rejim tomonidan qabul qilingan nomlar» işlatilsa, Boku «Rossiyadagi turli toponimlarni ularning tarixiy nomlari bilan ataş» huquqini özida saqlab qolişi bilan tahdid qildi.

Köp ötmay, Ozarboyjonning Minval naşri Rossiyaga oid bir neça xabarlar e’lon qildi, ularda Kaliningrad – Kenigsberg, Orenburg – Orinbor, Volga – Itil deb tilga olingan.

Davlat dumasining MDH işlari böyiça örinbosari Konstantin Zatulin bunga javoban Ozarboyjon Qoraboğ ustidan nazoratni qaytarib olgaç, «Rossiya bilan hisoblaşmaslikka qaror qilgani»ni aytdi. Deputat fikriça, Boku ongli ravişda Moskva bilan munosabatlarni keskinlaştirmoqda. Zatulin Ozarboyjondagilarning özi ham ilgari şaharni Stepanakert deb ataganini eslatgan.

«Şuni unutmaslik kerakki, Ozarboyjon heç qaçon Rossiyaning mintaqadagi ittifoqçisi bölmagan, uning xatti-harakatlari ambitsiyalar va ahmoqlik aralaşmasidir», dedi Zatulin va Boku «Rossiyadan uzr söraşini kutmasligi kerakligi»ni ta’kidladi.