Yevropada anomal darajadagi yuqori harorat va qurğoqçilik tufayli bir neça haftadan buyon kuçli örmon yonğinlari bölib ötmoqda. Qit’a janubidagi Gretsiya, Kipr, Ispaniya va Portugaliya kabi mamlakatlar tabiiy ofatdan eng köp jabr körmoqda. Örmon yonğinlari töğrisidagi Yevropa axborot tizimi ma’lumotiga köra, 2025 yil iyul oyi oxiriga kelib yonğinlardan zararlangan jami yer maydoni 292 ming gektardan oşgan. Taqqoslaş uçun: bu butun Lyuksemburg hududidan kattaroq. Ötgan yilning şu davriga kelib örmon yonğinlaridan jabrlangan hududlar hajmi 140 ming gektarni taşkil etgandi. Ayrim hududlarda kuçli şamol olov tarqalişini osonlaştirib, vaziyatni murakkablaştirmoqda. Natijada qutqaruvçilar bunday hududlarda yonğin öçoqlarini bartaraf etişning uddasidan çiqolmayapti.

Dimitris Mantzouranis / NurPhoto / Getty Images

Costas Baltas / Anadolu / Getty Images

Petros Karadjias / AP / Scanpix / LETA

Estela Silva / EPA / Scanpix / LETA

Florion Goga / Reuters / Scanpix / LETA
















