Trampning maxsus vakili Ğazoga kelganini ekspertlar jiddiy qabul qilmadi. Fransiya, Britaniya va Kanada Falastinni tan oliş tomon qadam taşlayotgan bölsa-da, kollektiv Ğarb özi yaratgan inson huquqlari atalmiş fundamental prinsip himoyasida tura olmayapti. “Geosiyosat”da tahlilçilar Ğazo atrofidagi hozirgi global şart-şaroitlar va HAMASga qöyilgan qurolsizlaniş talabini muhokama qildi.
— Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoffning Ğazoga safari, bölgadagi vaziyatni özgartira oladimi?
Kamoliddin Rabbimov: Bu yerda geosiyosiy kontekst mavjud. Ya’ni bugungi kunda Ğarb davlatlarining tafakkuri Isroil borasida töliq ikkiga bölingan. Fransiya, Kanada va Buyuk Britaniya sentabr oyida Falastin davlatçiligini 1967 yilgi çegaralarda tan olmoqçi. Bu vaziyatda AQŞ nima qilişni bilmaydi. Amerika – Isroilning yagona, oxirgi, asosiy homiysi va himoyaçisi. Hozirça rasmiy Vaşingtonning pozitsiyasi Isroil tarafida turibdi.
Şunday bölsa-da, bugungi kundagi AQŞ jamoatçilik fikri ham Falastin böyiça töliq özgargan. Sababi ayni vaqtda Amerikadagi eng katta ijtimoiy tarmoq – bu TikTok. TikTok foydalanuvçilari orasida, ayniqsa 16 yoşdan 30 yoşgaça bölgan yoşlar qatlamida Isroilga nisbatan tanqidiy munosabat yuqori – taxminan 70 foizga yaqini unga qarşi fikr bildiradi. Bu – fundamental özgariş.
Nima uçun Amerika yoki Tramp TikTok'ni sotib oliş yoki nazorat qiliş töğrisida juda ham köp gapiryapti? Çunki jamoatçilik fikrini fundamental özgartirgan masala şu.
Isroilning Ğazodagi operatsiyasi haddan taşqari çözilib ketdi va Ğarb endi köz yuma olmayapti.
Bir qança davlatlar Falastinni tan olişi fonida, Amerika Qöşma Ştatlari özining ma’naviy pozitsiyasini yöqotib böldi. Çunki Isroil mislsiz genotsid qilyapti, insoniyatga qarşi jinoyat qilyapti va uni yagona, muttasil, barqaror qöllab-quvvatlab kelayotgan yagona davlat – bu Amerika Qöşma Ştatlari. AQŞ bugungi kunda bir tomondan Isroilni himoya qilyapti, ikkinçi tomondan esa bölayotgan genotsidni inkor qila olmayapti. Donald Trampga Ğazodagi bolalar ölimlari haqida söralganida, u rostdan ham bu juda dahşatli, deb javob beryapti. Lekin şu bilan birga, HAMASni mukofotlaşimiz kerak emas, deyilyapti.
— Ğarb davlatlari va ba’zi arab davlatlari HAMASdan qurollarni taşlaşni sörayapti. Agar şunday bölsa, Falastin davlati tuzilişi va hududda tinçlik bölişiga kafolat bormi?
Bektoş Berdiyev: Bu yerda Saudiya Arabistoni masalasini gapirib ötişimiz kerak. Parij va Ar-Riyodning taşabbusi bilan 28–29 iyul kunlari Nyu Yorkdagi BMT Boş Assambleyasida “Falastin masalasida tinçlik va ikki davlat yeçimi” nomli oliy darajali xalqaro konferensiya ötkazildi. Bu Saudiya Arabistonining dunyo siyosatidagi obröyi, nufuzi ortib borayotganini körsatdi. Saudiyaning bu taşabbusini katta diplomatik marş sifatida baholaşimiz mumkin, çunki şu paytgaça Saudiya Arabistoni AQŞning pozitsiyasiga keskin qarşi bora olmagan. Konserensiya esa AQŞ hududida, Nyu Yorkda bölib ötdi.
Falastinni tan oliş – HAMASga sovğa, deyiş bilan Isroil va AQŞ dunyo afkor ommasining ongini çalğitmoqçi bölyapti.
HAMAS esa, Falastin davlati tuzilişiga yaqin turganda, oxiriga kelib, bizni öyindan çiqarişmoqçi deb hisoblayapti. Falastin davlati tuzilişida bizning hissamiz katta, ordenni esa boşqalar ilib ketmoqçi, degan fikrda. Şuning uçun ham avval Falastin davlati taşkil topsin, undan keyin biz qurolni taşlaymiz, degan bayonot berdi.
HAMASni qurolni taşlaşga majbur qilayotgan davlatlar asosan Qatar, Saudiya Arabistoni va Misr.
Jahongir Akramov: Hozirgi holatda HAMAS qurolni taşlasa ham, Falastin davlati qurilişiga kafolat berilmasligi ehtimoli yuqori.
Ikkinçidan, agar HAMAS taşkiloti qurolini taşlasa, Ğazodagi siyosiy boşqaruv kimning nazorati ostiga ötadi, degan savol oçiq turibdi. Hozir asosiy variantlardan biri – Mahmud Abbos boşçiligidagi Falastin ozodlik taşkiloti. Lekin Abbos hokimiyatining ğarbiy sohildagi boşqaruvi ham ança çeklangan.
Ğazoliklar Abbos ma’muriyatini yordam bermaganlikda ayblayapti. Mohiyatan, Falastin xalqi ikki qismga bölinib qolgan: ğazoliklar va ğarbiy sohilliklar. Mahmud Abbos 90 yoşga yaqinlaşib qolgan, siyosiy obrösi va legitimligi judayam past.
Şu bilan birga, Falastinda “ikki davlat” tamoyili tarafdori bölgan yirik siyosiy kuçning vujudga kelişiga Isroilning özi yöl qöymay keldi. Falastin ozodlik taşkilotining avvalgi yetakçilaridan biri Marvoniy HAMAS va FATHni birlaştiriş hamda “ikki davlat” tarafdori edi, lekin u 22 yildan beri Isroil qamoğida. Orada, Ğarb tomonidan bosib bölganida, 2013-2014 yillarda Isroil HAMASning yetakçilarini, ya’ni Isroilni yöq qiliş tarafdorlarini qamoqdan ozod qilgan. Lekin Falastin bilan birga Isroil ham mavjud bölişi tarafdorlarini qamoqdan çiqarmayapti.
Bugungi kunda Falastin davlatini tan oliş böyiça Ğarbda kuçaygan harakatlarning asosiy maqsadi – Ğazodagi genotsidni töxtatiş. Lekin Falastin davlatining tan olinişi bilan, u amalda taşkil topişi örtasida katta vaqt ötadi, deb öylayman. Real natijaga erişiş uçun uzoq va murakkab siyosiy harakatlar talab etiladi. Çunki 1967 yilgi çegaralarga qaytiş uçun 800 mingdan ortiq yahudiy köçmançilarni köçirib yuboriş kerak böladi. Buning real imkoniyati kam.
Şu bois, hozirgi bosim köproq ramziy va signal xarakterga ega. “Hozirça tan olamiz, töxtamasang keyingi qadamlarni taşlaymiz”, degan ma’noda. Masalan, Yevropa Ittifoqida Sloveniya birinçi bölib Isroilga qurol yetkazib berişni töxtatdi. Bu pretsedent bölib, boşqa davlatlar uçun yöl oçadi.
Isroilning xalqaro sahnadagi asosiy tayançi – Ğarb bilan tuzilgan ittifoqçilik va ilmiy loyihalardagi (masalan, “Horizon Europe”) iştirokdir. Ğarb bu imtiyozlarni bosqiçma-bosqiç bekor qilişi mumkinligi bilan Isroilga bosim ötkazmoqda. Biroq Ğarb hozir bir butun emas, AQŞ alohida pozitsiyada, Yevropa tobora mustaqilroq harakat qilmoqda.
Fransiya, Britaniya va Kanada Falastin davlatçiligini tan olişini BMT sessiyasiga boğlaş orqali, BMT Boş assambleyasining rolini oşirmoqçi. Ya’ni xalqaro tartibotda kuç-qudrat muhimlaşib borayotgan bugungi kunda, qonun-qoidalarga e’tiborni mustahkamlamoqçi.
Britaniya soğliqni saqlaş vazirining “heç bölmasa Falastin davlati yöq bölib ketmasidan avval uni tan olaylik” degan sözlari Ğarbdagi özgarayotgan kayfiyatni ifodalaydi. Biroq bu tan olişlar hozirça köproq siyosiy işora bölib, real özgarişlar uçun ança vaqt va siyosiy iroda talab etiladi.
Fransiya, Britaniya va Kanada kabi davlatlarning Falastinni rasman tan olişi AQŞning xalqaro maydondagi yolğizlanişiga olib kelmoqda. Bu faqat diplomatik izolyatsiya emas, balki jamoatçilik bosimining kuçayişi bilan ham keçmoqda. Çunki:
Fransiya ortida butun frankofon dunyosi – fransuz tilida sözlaşuvçi xalqlar mavjud;
Britaniya esa xalqaro ta’lim, media va ingliz tilining global nufuzi orqali jahon jamoatçilik fikriga katta ta’sir körsatadi;
Kanada – AQŞning eng yaqin geografik va siyosiy ittifoqçilaridan biri bölib, uning pozitsiyasi bevosita AQŞ içki jamoatçilik fikriga ta’sir qiladi.
Bu jarayonlar AQŞdagi siyosiy muhitga ham ta’sir etmoqda. Ayniqsa, yaqinlaşib kelayotgan 2026 yilgi oraliq saylovlar fonida. Jamoatçilik orasida kuçaygan norozilik Demokratlar partiyasining ovozlarini oşirişi mumkin. Bu – Donald Trampni Isroilni oçiq va töliq qöllab-quvvatlaşdan tiyib turadi.
Yaqinda Tramp tarafidan taşkil etilgan Stiv Uittkofning Ğazoga taşrifi – köpçilik tomonidan siyosiy spektakl sifatida baholandi. Bu taşrif, asosan, Trampning Ğazo muammosiga e’tibor qaratayotgani va Netanyahuga siyosiy legitimlik berişga harakat qilayotgani sifatida talqin qilinmoqda. Ammo bu real siyosiy harakat emas, balki siyosiy teatr edi – har kim öz rolini bajardi, xolos.
— Tramp hokimiyatdan ketgaç Yevropa va AQŞ avvalgidek hamfikrlikka qaytsa, Falastin mavzusida Bryusselning ham pozitsiyasi özgarişi mumkinmi?
Farhod Karimov: Yevropada Falastin masalasidagi siyosiy yondaşuvni özgartiriş endi qiyin. Voqealar allaqaçon muayyan yönalişga tuşib boryapti. Isroil va AQŞ xalqaro miqyosda tobora yolğizlanib boraveradi. Bu yolğizlaniş faqatgina Falastin yoki Isroil bilan boğliq emas, balki boşqa global masalalarda ham közda taşlanadi.
Şu sababli AQŞ jiddiy öylab körişi kerak: birgina Isroil uçun butun Yaqin Şarqdagi hamkorliklar va manfaatlardan voz keçişga tayyormi? Xuddi Rossiya bitta Ukraina uçun hamma narsadan voz keçgani kabi, AQŞ ham şunday holatga tuşib qolmasligi kerak.
Falastin böyiça yuzaga kelgan vaziyat global siyosatda keskin buriliş nuqtasiga aylanmoqda. Çunki gap Ğarbning özi yaratgan prinsiplar haqida ketyapti: inson huquqlari, demokratik tamoyillar, milliy davlatçilik ustunlari. Şu prinsiplarga özlari qarşi çiqişsa, özlari barbod qilişsa, Ğarbning zamirida qanday qadriyatlar qoladi? Bu savol endi fundamental siyosiy muammoga aylanmoqda.
Şu bilan birga, bu buriliş – uzoq muddatli, 10 yillab davom etadigan siyosiy jarayon. Ammo Falastin muammosi keçiktirib bölmaydigan darajada oğir. Har kuni begunoh insonlar öldirilmoqda. Bugun ertalab tirik bölgan odam, keçqurun hayotda qolmayapti. Bunday şaroitda Falastin xalqiga “Yevropa pozitsiyasi özgarişini kuting” deyiş adolatsizlik. Yevropaning pozitsiyasi falastinliklarga bugun yordam berişi kerak.
Bugungi vaziyatda birinçi navbatda uruşni, genotsidni, gumanitar inqirozni töxtatiş zarur. Odamlarga oziq-ovqat, suv, tibbiy yordam yetkazilişi kerak. Mustaqil davlat tuziş yoki siyosiy kelişuv haqida keyinroq gaplaşiş mumkin. Saudiya Arabistoni va Qatar kabi davlatlar şu pozitsiyada: “Avvalo qon tökilişini töxtataylik, siyosiy masalalarni keyin, döppini çetga qöyib, hal qilamiz”.
HAMAS masalasi hozir atay asosiy mavzuga aylantirilib, Falastinning fundamental muammolari çetga surilmoqda. Genotsid HAMAS paydo bölişidan ança oldin boşlangan. HAMAS 2007 yilda demokratik saylov yöli bilan hokimiyatga kelgan. Saylovni Ğarb davlatlarining özi talab qilgan edi. Aholi ovoz berdi natijada, xalq tomonidan tan olingan hukumat şakllandi. Legitimlikka ega hukumat esa, öz qurolli kuçlariga ega bölişga haqli. Şu mantiqdan kelib çiqsak, HAMAS bugun – özini himoya qilayotgan hukumatga aylanib qoladi.
Falastin xalqi Ğarbning strategik burilişini 30-40 yil kutolmaydi. Falastinlik bolalar bugun suvga muhtoj. Şu sababli hozir birinçi navbatda ölimni, uruşni, noinsoniy fojialarni töxtatiş kerak.
Suhbatni töliq şaklda YouTube'da tomoşa qilişingiz mumkin.
NormuhammadAli Abdurahmonov suhbatlaşdi.










