Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir yakşanba kuni Quddusdagi Al-Aqso masjidiga taşrif buyurib, u yerda ibodat qildi. Bir neça ön yil oldin musulmonlar bilan tuzilgan va hozirda amalda bölgan norasmiy kelişuvga köra, Al-Aqso kompleksi Iordan diniy fondi boşqaruvida bölib, yahudiylar bu yerga taşrif buyurişi mumkin, ammo ibodat qilişi mumkin emas.

«Ma’bad toği ma’muriyati» deb nomlangan kiçik yahudiy taşkiloti tomonidan e’lon qilingan videoda Ben-Gvir bir guruh odamlar qurşovida kompleks böylab sayr qilayotganini köriş mumkin. Boşqa videolarda u ibodat qilayotgani aks etgan.
Al-Aqso masjidi musulmonlar uçun uçinçi muhim ziyoratgoh, Ma’bad toği esa yahudiylikdagi eng muqaddas joydir.
Isroil 1967 yilgi Yaqin Şarq uruşida Al-Aqso majmuasini Iordaniyadan tortib olgandi. Iordaniya uşbu joyning tarixiy qöriqçisi rolini davom ettiriş huquqini saqlab qolgan, Isroil esa xavfsizlik va kiriş nazoratini öz zimmasiga olgan.
Falastinliklar ta’kidlaşiça, sönggi yillarda majmuaga kelgan yahudiylar u yerda tez-tez ibodat qilişmoqda, Isroil politsiyasi esa ularga tösqinlik qilmayapti.
Isroilning rasmiy pozitsiyasi majmua hududida musulmon bölmaganlar ibodat qilişini çeklovçi qoidalarni tan oladi. Ben-Gvirning taşrifidan söng boş vazir Binyamin Netanyahu Isroilning majmuadagi status-kvoni saqlab qoliş siyosati «özgarmagani va özgarmasligi»ni aytdi.

JERUSALEM ISLAMIC WAQF / HANDOUT
Yahudiylar Ma’bad toği deb ataydigan majmuaga taşrif Tişa Be-Av kuni, bir neça asr oldin bu yerda joylaşgan ikkita qadimiy yahudiy ibodatxonasi vayron bölganini xotirlaş uçun röza kuni bölib ötdi.
Quddusning devor bilan öralgan Eski şahar qismidagi tepalikdagi majmuani boşqaruvçi «Vaqf» jamğarmasi xabar berişiça, Ben-Gvir toqqa çiqqan, ibodat qilgan, qiçqirgan va raqsga tuşgan 1250 kişi orasida bölgan.












