Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Tramp: Maxsus elçi Uitkoff 6 yoki 7 avgust kuni Rossiyaga taşrif buyuradi
AQŞ prezidentining maxsus elçisi Stiven Uitkoff 6 yoki 7 avgust kuni Rossiya rahbariyati bilan muzokaralar ötkaziş uçun Rossiyaga taşrif buyuradi. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp 3 avgust, yakşanba kuni jurnalistlarga ma’lum qildi.
Trampning sözlariga köra, Uitkoff hozirda bor e’tiborini Ğazo sektoriga qaratgan. «U, ehtimol, kelasi hafta, çorşanba yoki payşanba kuni Rossiyaga ketadi. Ular uni körişni istadi, uçraşuvga taklif qildi. Demak, nima bölişini köramiz», — dedi Tramp.
Agar Rossiya Ukrainada tinçlik örnatişdan boş torsa nima böladi, degan savolga Tramp şunday javob berdi: «Demak, sanksiyalar böladi. Lekin ular sanksiyalarni aylanib ötişga juda usta. Şunday qilib, nima bölişini köramiz».
AQŞ prezidentining sözlariga köra, sanksiyalardan qoçiş uçun Moskva «odamlar ölimini töxtatiş maqsadida bitim tuzişi» kerak. «Biz köplab mamlakatlarning uruş olib borişini töxtatdik», dedi Tramp Hindiston va Pokiston, Kambodja va Tailand, Kongo Demokratik Respublikasi va Ruandani misol sifatida keltirib. «Biz bu uruşni ham töxtatamiz va kimdir buni qilişi kerak», dedi respublikaçi.
Isroilning Ğazodagi tajovuzi qurbonlari soni 60 mingdan oşdi
Isroilning Ğazo sektorida 2023 yil 7 oktyabrdan beri davom etayotgan tajovuzi qurbonlari soni 60 839 nafarga yetdi. Bu haqda Ğazo sektoridagi Falastin soğliqni saqlaş vazirligi bayonotida ma’lum qilindi.
Bayonotga köra, sönggi 24 soat içida eksklavning 119 nafar aholisi halok bölgan, yana 866 nafari jarohatlangan.
Isroilning 2023 yil 7 oktyabrdan beri uyuştirgan hujumlari natijasida jami 149 588 kişi jarohatlandi.
18 mart kuni Isroil armiyasi 19 yanvarda HAMAS bilan kelişilgan öt oçişni töxtatiş kelişuvini buzdi va Ğazo sektoriga yana ommaviy hujumlarni boşladi. Öşandan beri hujumlar natijasida 9350 kişi halok böldi, yana 37 547 kişi yaralandi.
27 maydan buyon 1487 falastinlik AQŞ va Isroil tomonidan boşqariladigan «Ğazo gumanitar yordam jamğarmasi» taşkil etgan yordam tarqatiş punktlariga uyuştirilgan hujumlar natijasida halok böldi, 10 578 nafari yaralandi.
















