Germaniya fuqarolarining yarmidan köpi (59 foizi), agar mamlakat hujumga uçrasa, qölida qurol bilan uni himoya qilmaydi. Bu Forsa sotsiologiya instituti tomonidan 4 avgust, duşanba kuni Redaktionsnetzwerk Deutschland (RND) media guruhi tomonidan e’lon qilingan sörov natijalari.
Sotsiologlar 28-29 iyul kunlari 1002 kişi — erkaklar va ayollar örtasida sörov ötkazdi. «Hujum sodir bölsa, Germaniyani qölingizda qurol bilan himoya qilasizmi?» degan savolga faqat 16 foiz «albatta ha» deb javob berdi. 22 foiz «ehtimol», 59 foiz «ehtimol yöq» yoki «umuman yöq» deya javob qaytardi.
Erkaklar orasida respondentlarning 46 foizi mamlakatni himoya qilişga tayyor emas, ayollar orasida esa 72 foiz. Yoş guruhlarida mudofaaga tayyor bölmaganlarning eng köpi (68 foiz) 60 yoşdan oşganlardir. Partiya tarafdorlaridan — Söl partiya saylovçilari orasida (71 foiz).
«Bundesverda köngillilar yetarli bölmasa, majburiy harbiy xizmat zarurmi?» degan savolga respondentlarning 59 foizi ijobiy, 37 foizi salbiy javob berdi. Muddatli harbiy xizmatga çaqirişga qarşi bölganlarning eng köp qismi yoşlar (61 foiz) bölib, bu ularning öziga nisbatan qöllanişi mumkin. Muddatli harbiy xizmatni qöllab-quvvatlovçilarning eng köp qismi (67 foiz) 60 yoşdan oşgan va endi çaqirilmaydigan şaxslardir.










