Nizom talablari hududiy nazorat inspeksiyalardan röyxatdan ötgan barça quriliş obektlariga nisbatan tatbiq etiladi. Nizom talablari davlat sirlari bilan boğliq bölgan obektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

QR kodli pasport hududiy nazorat inspeksiyalardan röyxatdan ötgan kunda buyurtmaçi tomonidan obektning kiriş qismiga yoki barça uçun körinadigan joyda örnatiladi.

QR kodli pasport buyurtmaçi tomonidan tayyorlanadi. Bunda, QR kodli pasportda quyidagi ma’lumotlar mavjud bölişi lozim: obekt nomi va manzili; buyurtmaçi taşkiloti nomi; loyiha taşkiloti nomi; pudratçi taşkiloti nomi; buyurtmaçining texnik nazoratçisi familiyasi, ismi, şarifi va xizmat telefon raqamlari; loyihaçining mualliflik nazoratçisi familiyasi, ismi, şarifi va xizmat telefon raqamlari; pudratçining içki nazoratçisi familiyasi, ismi, şarifi va xizmat telefon raqamlari; quriliş muddati (boşlangan sana va yakunlaş sanasi); obektning umumiy körinişlari; obektning qirqimi; obektning boş tarxi; obektning boş tarxi qaydnomasi; QR kod («Şaffof quriliş» milliy axborot tizimining «Qurilişda davlat nazorati» elektron platformasida aks etuvçi havola); hududiy nazorat inspeksiyadan röyxatdan ötgan sanasi va raqami.

QR kodli pasport hududiy nazorat inspeksiyalaridan röyxatdan ötgan kundan boşlab, obekt foydalanişga topşirilgunga qadar amalda bölişi va taqdim etilişi şart. QR kodli pasport namlik va taşqi ta’sirlarga çidamli materialdan tayyorlangan bölişi, umumiy ölçamlari 2400x1200 mm ni taşkil etişi hamda yer sathidan kamida 1 m balandlikda örnatilişi lozim.

QR kodli pasportdagi ma’lumotlar «Özbekiston davlat tili haqida»gi qonunga muvofiq davlat tilida bayon etilişi lozim. QR kodli pasport taşqi ta’sirlar natijasida yaroqsiz holga kelib, QR kod orqali ma’lumotlarni öqiş yoki köriş imkoni bölmasa, u yangilanib, qayta tiklanişi lozim. Bunda pasportni yangilaş va qayta tiklaş buyurtmaçining majburiyatiga kiradi.