Röyxat va sifat – birinçi örinda
Öquv yiliga tayyorgarlikni muvaffaqiyatli boşlaş uçun eng avvalo xaridlar röyxatini tayyorlang. Bu röyxatda quyidagilar bölişi mumkin:
- Daftarlar (har bir fan uçun alohida)
- Ruçka, qalam, öçirgiç, lineyka
- Qalpoq va qalamqutilar
- Qayçi, kley, rangli qoğozlar, rangli qalamlar (boşlanğiç sinflar uçun)
- Maktab sumkasi
- Maktab formasi va tuflilar
- Jismoniy tarbiya uçun alohida liboslar va krossovkalar
Har bir bola uçun alohida röyxat tuzilsa, ortiqça xaridlardan saqlaniş va mablağni tejaş mumkin.
Qölingizdagi mablağni “köproq narsa oliş” uçun emas, “sifatli va uzoq xizmat qiladigan narsa oliş” uçun işlating. Bu nuqtayi nazardan olib qaralganda, sifatli mahsulotlar uzoq muddatda vaqt va mablağ tejaydi.
Bola ham narsa tanlaşda iştirok etsin
Farzandingizga sumka, ruçka, rangli daftar yoki hatto forma tanlaş imkonini bering. Bunday munosabat bolada:
- Maktabga bölgan ijobiy munosabatni,
- Mustaqil tanlov qiliş könikmasini,
- Öziga işonçni oşiradi.
Şu yöl bilan bolangiz maktabni mamnunlik bilan kutadi. Material ta’minotidan ham muhimroq narsa — bolaning ruhiy tayyorligi. Maktab muhiti, yangi davr, yangi talablar bolaga qörquv yoki qiyinçilik keltirişi mumkin. Ta’til oxirida bolaning uyqu rejimini sekin-astalik bilan töğrilaş kerak.
“Sening qölingdan keladi”, “Bu yil sen yanada zör bölasan” kabi sözlar juda katta ahamiyatga ega.
Hammasi yangi bölişi şartmi?
Yildan yilga bolalar uçun hamma narsaning yangisini oliş odat tusiga aylandi. Ammo ba’zi buyumlarni toza holda, yangilab, yana bir yilga işlatiş mumkin.
Tuflilar yaxşi holatda bölsa — bu yil ham kiysa böladi.
Eski, ammo sifatli sumka tozalansa, yangiga aylanişi mumkin.











