Rossiyaning «Moskovskiy komsomolets» gazetasi Ozarboyjonda rassom Ivan Ayvazovskiy haykali buzib taşlanganidan keyin mamlakatni natsistlar Germaniyasiga qiyosladi. Naşr «Boku Ukrainaga ergaşib, yodgorliklarga uruş e’lon qildi» sarlavhali maqolani çop etgan bölib, unda Qoraboğdagi Ayvazovskiy haykalining buzilişi va nemis fizigi Geynrix Gersning Germaniyada natsistlar hokimiyatga kelganidan söng byustining buzilişi örtasida öxşaşlik keltirilgan.
Naşr muallifi Marina Perevozkinaning yozişiça, Ozarboyjon TIV bayonotiga qaraganda, yodgorlikning buzilişiga asosiy sabab Ayvazovskiyning arman millatiga mansubligi bölgan. Şu munosabat bilan u Karlsrue universitetida Gers yodgorligi buzilganini esladi, «u yerda olim özining asosiy kaşfiyotini qilgandi — elektromagnit tölqinlarning mavjudligini isbotlagan».
«Gersning kelib çiqişi, natsistlar nuqtayi nazaridan, irqiy poklik mezonlariga javob bermagan: uning otasi yahudiy bölgan», deb tuşuntirdi Perevozkina. Uning eslatişiça, «uçinçi reyx» hokimiyati çastota birligini qayta nomlaşga va unga Gers örniga Helmgols nomini berişga harakat qilgan. «Uçinçi reyx» yöq bölib ketdi, ammo rozetkadagi özgaruvçan tokning çastotasi hali ham gers bilan ölçanadi», deya ta’kidlagan material muallifi.
Perevozkinaning qayd etişiça, Ayvazovskiyning otasi «XVIII asrda Ğarbiy Armanistondan Galitsiyaga köçib kelgan armanlar» avlodidan bölgan va yozuvlarda rassom «Ovanes Ayvazyan nomi bilan röyxatga olingan». «Uni Armaniston bilan faqat kelib çiqişi, ya’ni «qoni» boğlagan. Lekin ba’zilar uçun, hatto 21 asrda ham «qon» hamma narsani hal qiladi», — deyiladi maqolada. Şundan söng Perevozkina Germaniyada natsistlar davrida Heynrix Heynning kitoblari yahudiy bölgani uçun yoqib yuborilganini, «Kiyevda esa 2013 yil dekabr oyidagi Yevromaydan paytida Lenin haykali buzib taşlanganini» eslatib ötdi.

















