Polşa hukumati Germaniya va Litva bilan çegaralardagi çegara tekşiruvlarini yana oltmiş kunga, 4 oktyabrgaça uzaytirdi. «Juma kuni (1 avgust) tegişli buyruq çiqarildi, u xabardor qiliş uçun Yevrokomissiyaga yuborildi. Germaniya va Litva bilan çegaralardagi çegara nazorati yana 60 kunga, 4 oktyabrgaça uzaytirildi», — deya ma’lum qildi Polşa içki işlar vaziri Marçin Kervinskiy çegara nazorati masalalari böyiça idoralararo yiğilişda.
Polşa-Litva çegarasi kontekstida Polşa Içki işlar vazirligi rahbari «noqonuniy migratsiya uçun şarqiy yöl yopilişini» ham e’lon qildi. «Bizning tösiqning 98 foizlik qattiqligi Belarus xizmatlari, Rossiya xizmatlari va noqonuniy migratsiyani boşqa uçastkalarga ötişga majbur qiladi», dedi u.
Kervinskiyning qöşimça qilişiça, Polşa rasmiylari har ikki davlat bilan çegaralar böyiça keyingi çora-tadbirlar töğrisida qarorni sentabr oyida qabul qiladi va bu çegara xizmati, politsiya va Polşa armiyasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga boğliq böladi.
Polşa-Germaniya çegarasida tanlangan tekşiruvlar 7 iyul kuni yarim tunda 52 ta nazorat-ötkaziş punktida boşlandi. Xuddi şunday çoralar Litva bilan çegarada ham amalga oşirildi. Öşanda Polşa rasmiylari tekşiruvlarni 5 avgustda yakunlaşni rejalaştirgan edi.











