AQŞ prezidenti Donald Tramp Nyu-Dehliga Rossiya neftini sotib olişni töxtatiş uçun bosimni kuçaytirganidan söng, Oq uy Hindistonni Rossiyaning Ukrainadagi uruşini Moskvadan neft sotib oliş orqali samarali moliyalaştirişda aybladi.

«U (Tramp) Hindistonning Rossiyadan neft sotib oliş orqali bu uruşni moliyalaştirişda davom etişi qabul qilib bölmasligini oçiq aytdi», — dedi Oq uy ma’muriyati rahbari örinbosari va Trampning eng nufuzli yordamçilaridan biri Stiven Miller Fox News telekanaliga bergan intervyusida.

Uning tanqidi Tramp ma’muriyatining AQŞning Hind-Tinç okeani mintaqasidagi asosiy şeriklaridan biriga nisbatan eng jiddiylaridan biri böldi, deya ta’kidlaydi Reuters. «Köpçilik Hindistonning Rossiya neftini xarid qiliş böyiça Xitoyga deyarli yetib olganidan hayratda. Bu hayratlanarli», — deya qöşimça qildi Miller.

Nyu-Dehli hozirça bu ayblovlarga izoh bermadi, deb yozadi Reuters. Agentlikning Hindiston hukumatidagi manbalari AQŞ tahdidlariga qaramay, mamlakat Moskvadan neft sotib olişda davom etişini aytdi.