Hujjat bilan tegişli nizom tasdiqlangan bölib, tölovlar prezidentning "Bolalarni ijtimoiy himoya qiliş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoni bilan nazarda tutilgan.
Moddiy yordam oluvçilar reyestri yaratiladi, subsidiyalarni hisoblaş va tölaş esa avtomatlaştiriladi (inson iştirokisiz).
2025 yil 1 sentabrdan boşlab yolğiz ona va otalar "Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi" axborot tizimi va YaIDXP orqali, şuningdek "Inson" ijtimoiy xizmat markazlari yoki Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilib moddiy yordam oliş uçun ariza berişi mumkin.
Mablağlarni ötkaziş oluvçilarning "ijtimoiy karta"siga, u mavjud bölmaganda esa AT "Xalq banki"da oçilgan bank kartalariga amalga oşiriladi. Moliyaviy yordam oluvçilardan bank kartalarini oçiş uçun haq olinmaydi.
Moddiy yordam bola uç yoşga tölguniga qadar bir nafar farzand uçun BHMning 1,5 baravarigaça miqdorida (egizak bölsa, ikkisi uçun) ijtimoiy şartnoma asosida Ijtimoiy himoya davlat jamğarmasi mablağlari hisobidan beriladi.











