DXX xabariga köra, u Romitan tumanida kiyimdan taşqari notöqima mahsulotlar işlab çiqariş bilan şuğullanuvçi MÇJdan birlaşma ehtiyojlari uçun 400 dona yotoq çoyşablarini sotib oliş böyiça şartnoma tuzgan. 

Boş hisobçi özining örinbosari bilan özaro til biriktirib, mazkur şartnomada tovar narxini oşirib körsatiş orqali, ya’ni har bir çoyşabni 90 ming sömdan emas, balki 190 ming sömdan hisoblab, umumiy xarajatlar summasini 76 mln söm qilib körsatgan. 

Natijada ortiqça hisoblangan 40 mln söm “otkat”ni MÇJ iş yurituvçisidan talab qilgan.

DXXning Buxoro viloyati böyiça boşqarmasi va IJQK departamenti hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda ular oldindan 32 mln sömni olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi. 

Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,167-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.