Ruminiyaning sobiq prezidenti, 1989-1996 va 2000-2004 yillarda mamlakatni boşqargan Ion Iliyesku 5 avgust, seşanba kuni 95 yoşida vafot etdi.
Mamlakat hukumati tarqatgan bayonotda aytilişiça, siyosatçi professor Agrippa Ionesku nomidagi klinik tez yordam şifoxonasida vafot etgan. Tibbiyot markazi sobiq prezident mahalliy vaqt bilan soat 15:55 da vafot etganini ma’lum qildi. Iliyesku u yerda iyun oyining boşidan beri edi, u intensiv terapiya bölimiga yotqizilgan va unga öpka saratoni taşxisi qöyilgan. Ötgan hafta şifokorlar siyosatçining ahvoli «oğir» ekanini ma’lum qilgan edi.
Iliyesku 1930 yil 3 martda tuğilgan. Katta siyosatdagi faoliyatini 1967 yilda yoşlar işlari vaziri sifatida boşlagan. Öşa paytda mahalliy hukmron Kommunistik partiya va Ruminiya Sotsialistik Respublikasi Kengaşiga Nikolaye Çauşesku rahbarlik qilgan.
1989 yildagi inqilob natijasida Çauşesku rejimi qulaganidan söng hokimiyat tepasiga Iliyesku keldi va özini ötiş davri hukumati rahbari deb e’lon qildi. 1990 yil may oyida u mamlakatdagi birinçi demokratik saylovlarda ğalaba qozondi. 2004 yilda ikkinçi prezidentlik muddati tugagaç, Iliyesku Ruminiyaning NATOga qöşilişiga erişdi va mamlakat 2007 yilda qöşilgan Yevropa Ittifoqi bilan assotsiatsiya şartnomasini imzoladi.











