Joriy yilning II çorak yakunlariga köra, köçmas mulk bozoridagi faollik yuqoriligiça saqlanib qoldi, deya xabar berdi Özbekiston Markaziy banki.
Uşbu davr mobaynida köçmas mulk bozorida tuzilgan bitimlar soni 88,1 mingtani taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 9,9 foizga oşdi. Birinçi yarim yillikda bevosita köçmas mulk oldi-sotdisi bilan boğliq şartnomalar soni ham ösişda davom etib, 148,4 mingtani taşkil etgan va ötgan yilga nisbatan 12,1 foizga köpaygan.
Narx tendensiyalari
Uy-joy sektoridagi mavjud talabga qaramay, taklif darajasi yuqoriligi narxlarning barqaror past ösiş sur’atlari şakllanişida öz aksini topyapti.

Iyun oyi yakunlariga köra, respublika böyiça birlamçi uy-joy bozordagi narxlar yillik hisobda sömda 2,6 foizga (dollarda 2,1 foizga) ösdi. Ikkilamçi bozordagi uy-joy narxlari söm hisobida 2,5 foizga (dollarda 2 foizga) oşdi. Hududlar kesimida köçmas mulk narxlarining ösiş sur’atlari turliça şakllanişda davom etmoqda. Uy-joy narxlari darajasi yuqori bölgan hududlarda (Toşkent şahri, Toşkent, Samarqand va Navoiy viloyatlari) narxlarning ösiş sur’atlari deyarli özgarmagan yoki biroz pasaygan bölsa, boşqa hududlarda narxlarning oşişi davom etgan.

Uy-joy ijarasi bozorida taklif hajmining oşişi va talabning mavsumiy pasayişi şaroitida narxlarning mö’tadil darajasi saqlanib qolyapti. Ijara tölovlari narxlari ötgan çorakdan buyon sezilarli özgarmagan bölib, respublika böyiça umumiy ösiş sur’ati nolga yaqin darajada şakllangan (iyun oyida yillik 0,3 foiz). Toşkent şahrida esa ijara tölovlarida narxlarning pasayişi davom etmoqda (iyun oyida yillik 6,1 foizgaça pasaygan). Yer uçastkalari segmentida, Toşkent şahrida 100 kv metr (1 sotix) yer maydoni narxi iyun oyi yakunlari böyiça 334 mln sömni taşkil etib, ötgan yilgi körsatkiçlardan 2,5 foizga past bölgan.
“Umuman olganda, 2025 yilning II çoragida köçmas mulk bozorida bitimlar soni va ipoteka kreditlari hajmining ösişi natijasida yuqori faollik saqlanib qoldi. Taklif hajmining oşişi va xarid qiliş imkoniyatlarining kengayişi talabni qöllab-quvvatlab, bozor va narxlar dinamikasining muvozanatli rivojlanişini ta’minlamoqda”, deyiladi MB şarhida.











