Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toyota Corolla dunyoda eng ko‘p sotilayotgan avtomobil bo‘lib qolmoqda
Focus2move portaliga ko‘ra, 2025 yilning birinchi yarim yilligida sotuvlari 8,4 foizga qisqargan bo‘lsa ham Toyota Corolla eng ko‘p sotilgan mashina bo‘lgan.
Ikkinchi o‘rinda esa Toyota krossoveri RAV4 o‘rin olgan. Uning sotuvlari esa 7,4 foizga qisqargan. Uchinchi o‘rindan sotuvi 0,5 foizga o‘sgan Ford’ning F-seriyasi pikaplari o‘rin olgan. To‘rtinchi pog‘onadan Tesla’ning Model Y elektromobili joy egallagan. Uning sotuvlari esa bu davrda 26,9 foizga qisqarib ketgan.
Top-10 talikdan Honda’ning CR-V, Hyundai’ning Tucson, Chevrolet’ning Silverado, Toyota’ning Camry va Hilux, shuningdek, Kia’ning Sportage modellari o‘rin egallagan.
Ma’lumot uchun, dunyo bo‘ylab hozirgacha eng ko‘p sotilgan avtomobil ham Toyota Corolla hisoblanadi. Uning sotuvi 50 mln donadan oshib ketgan.
Mavzuga oid
08:18 / 24.06.2026
2026 yilning eng ishonchli avtomobil brendlari ma’lum qilindi
19:22 / 14.06.2026
Ishlab chiqarilganiga 30 yildan oshgan avtomobillar egalari ekologik kompensatsiya to‘lashi mumkin
18:45 / 12.06.2026
Kundalik sayohat uchun eng yaxshi avtomobil nomi e’lon qilindi
17:38 / 09.06.2026