Buning uçun my.uzbmb.uz platformasining «Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul» bölimiga kirib, «Xizmatdan foydalaniş» tugmasi bosiladi va «OTM tanlaş» bölimiga ötiladi.

Dastlab abituriyent «Tanlov ustuvorligi» va «Maqsadli qabul» böyiça öz tanlovini amalga oşiradi.

Şundan söng abituriyent test topşirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos  bölgan beştagaça oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yönalişini ta’lim şakli bilan birga tanlaydi.

Ta’lim yönalişlarini tanlab, «Saqlaş» tugmasi bosilgandan söng ma’lumotlarni tasdiqlaş uçun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. SMS xabardagi kodni dasturga kiritiş orqali ma’lumotlar tasdiqlanadi.

Ma’lumotlar tasdiqlanganidan söng, «Abituriyent qayd varaqasi» şakllanadi. Qayd varaqada abituriyent tanlagan tanlov ustuvorligi, ta’lim şakllari, oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yönalişlari aks etgan böladi. Yuklab oliş tugmasi orqali abituriyent qayd varaqasini yuklab olişi mumkin.

Abituriyentlar ta’lim yönalişlarini tanlaş muddati yakunlangunga qadar öz ma’lumotlarini özgartirişlari va qayd varaqasini qayta yuklab olişlari mumkin.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani töğrisidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yönalişlarini tanlaş töliq yakunlangandan söng bir hafta muddatda e’lon qilinadi.

Ötgan yilgi ötiş ballari asosida qaysi OTMga kiriş mumkinligini aniqlovçi botlar:

@mandat_javobbot; 
@e_uzbmb_mandatbot;
@bmb_natijabot.