AQŞ Aeronavtika va kosmik makonni tadqiq qiliş milliy boşqarmasi (NASA) rahbari vazifasini bajaruvçi, AQŞ transport vaziri Şon Daffi şu haftada Oyda yadroviy reaktor qurilişini tezlaştiriş rejalarini e’lon qilmoqçi. Bu haqda Amerikaning Politico naşri manbalarga tayanib xabar berdi.

Aytilişiça, agentlik direktivasida Oyda atom elektr stansiyasini qurgan birinçi davlat «AQŞ faoliyatini sezilarli darajada çeklaydigan taqiqlangan hudud e’lon qilişi» mumkinligi bildirilgan. Hujjatda, şuningdek, NASA'ga 60 kun içida loyiha menejerini tayinlaş va kompaniyalardan 2030 yilgaça Oyda 100 kilovattlik yadro reaktorini işga tuşiriş böyiça takliflar oliş körsatmasi berilgan. Ilgari rejalar unçalik ambitsiyali va aniq bölmagan: taqqoslaş uçun, 2022 yildan beri agentlik 2022 yildan buyon Oyda 100 kilovattlik yadroviy reaktorni "2030-yillar boşigaça" işga tuşiriş böyiça tadqiqotni moliyalaştirgan.

Bundan taşqari, naşrning yozişiça, Daffi Xalqaro kosmik stansiyani bir neçta tijorat stansiyalari bilan almaştiriş böyiça direktivani taklif qilgan. Agentlik olti oy içida işlab çiqaruvçi bilan şartnoma imzolaşni rejalaştirmoqda. Loyihaga qiziqiş, jumladan, Axiom Space, Vast va Blue Origin kompaniyalari tomonidan bildirilgan. Qayd etilişiça, ikkala qaror ham AQŞga Oy va Marsni tadqiq qiliş böyiça Xitoy loyihalaridan oldinga ötiş imkonini berişi mumkin. «Gap ikkinçi kosmik poygada ğalaba qozoniş haqida ketyapti», dedi agentlikning yuqori martabali xodimi.

May oyida «Roskosmos» davlat korporatsiyasi va Xitoy milliy kosmik ma’muriyati (XMKM) Oy elektr stansiyasini quriş böyiça hamkorlik memorandumini imzolagan edi. U 2036 yilgaça Rossiya va Xitoy qurişni rejalaştirgan Xalqaro Oy stansiyasining bir qismiga aylanadi. "Roskosmos" boş direktori Dmitriy Bakanovning sözlariga köra, loyihaga 13 davlat, jumladan Belarus, Pokiston, Ozarboyjon, Serbiya, Senegal, Jibuti va Efiopiya qöşilgan.