Roppa-rosa bir yil muqaddam, 2024 yil 6 avgustida Ukraina qöşini Kursk oblasti çegarasini kesib ötgan va uruşning eng qaqşatqiç janglaridan birini boşlagandi, bu yetti oydan oşiq vaqt davom etdi. Ukraina qurolli kuçlarining katta şov-şuv kötargan taktik muvaffaqiyati yakunda baribir mağlubiyat bilan yakunlandi, bu esa Ukraina armiyasi uçun uzoq muddatli salbiy oqibatlarga olib keldi. Qisman bunday yakun avvalboşdanoq ma’lum edi: Kursk oblastidagi operatsiyaning siyosiy va strategik maqsadlari sodda bölib çiqdi, ehtimoliy minuslar esa rejalaştiriş bosqiçidayoq plyuslardan ustun keldi. Operatsiya boşlanganidan keyingi operativ xatolar ham ta’sir körsatdi, buning natijasida Ukraina qurolli kuçlari özlari uçun qulay şaroitlarda jang qila olmadi va Kursk oblastidagi platsdarmni işonçli himoya qila olmadi.
Oqibatda har ikki tomon ham katta talafot kördi. Bu ayniqsa Ukraina qurolli quçlari uçun kritik darajada böldi (şaxsiy tarkib va oğir qurollar tanqisligini hisobga olgan holda). Katta ehtimol bilan, Kursk oblastiga bostirib kiriş orqali Ukraina qömondonligi Donbass uçun jangda Rossiyaning yirik zaxiralaridan foydalanişning oldini olişga muvaffaq bölgan. Ammo bu ança qimmatga tuşdi.
Ukrainaning Sudjadagi hujumidan maqsad nima edi? Ukraina armiyasi Kursk oblastida nimalarga erişdi?
Kursk oblastiga bosqinning haqiqiy maqsadlarini tuşuniş uçun front 2024 yil yozida mavjud bölgan operativ va strategik vaziyatni eslaş kerak.
- Ukraina qurolli kuçlarining 2023 yil yozi va kuzida Zaporijjya oblastida, Baxmut yaqinida va Dniprning söl sohilidagi platsdarmda muvaffaqiyatsiz keçgan qarşi hujumlaridan söng, Ukraina qömondonligi bu amaliyotlarda iştirok etgan kuçlarning bir qismini zaxiraga oldi.
- 2023 yil oktyabr oyi boşida Rossiya qurolli kuçlari muvaffaqiyatli yollaş kampaniyasidan keyin yuzaga kelgan son ustunligidan foydalanişga qaror qildi. RF armiyasi bilan şartnoma tuzgan köngillilar hisobidan yangi tuzilgan birlaşmalar frontning nisbatan tinç uçastkalariga yuborildi. Safarbarlik va şartnoma asosida xizmat qiluvçilarni yollaş orqali qöşimça kuçga ega bölgan tajribali qöşinlar esa Donbassning markaziy qismida töplandi.
- 2023 yil oktyabridan 2024 yil fevraliga qadar Avdiyivka uçun qaqşatqiç janglar bölib ötadi. Ukraina qömondonligi zaxiradagi kuçlarning bir qismini şahar himoyasi uçun olib keladi, ammo front çiziğini uşlab qololmaydi. Bahorga kelib Avdiyivkadan ğarbda front çiziği barqarorlaşgandek körinayotgandi; janglarda qatnaşgan ukrain brigadalarining bir qismi yana frontortiga olib ketiladi.











