Muloqot çoğida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar 2024 yil yakuniga köra mamlakatlar örtasidagi özaro savdo aylanmasi 3 milliard AQŞ dollariga yetganini ta’kidlaş barobarida, kelgusi 2 yil içida uşbu körsatkiçni 5 milliard dollarga yetkaziş böyiça barça çora-tadbirlarni işga soliş zarurligini ta’kidladi.

"Belgilangan körsatkiçlarga erişiş uçun yangi zaxira va imkoniyatlar mavjud. Özbekiston va Turkiya taşqi savdodagi tovar nomenklaturasi özaro öxşaş hamda işlab çiqariladigan mahsulotlar xorijda birdek raqobatbardoş. Turkiya Pokiston, Ozarboyjon va Eron bilan bir qatorda Özbekiston bilan ham imtiyozli savdo bitimi imzolagan. Mazkur hujjat imkoniyatlaridan foydalaniş orqali belgilangan rejalarga erişamiz",- dedi Turkiya savdo vaziri Ömer Bolat.

Uçraşuvda, şuningdek, mahalliy eksportçi korxonalar duç kelayotgan tösiqlar, jumladan elektrotexnika, töqimaçilik, kabel-ötkazgiç mahsulotlariga nisbatan joriy etilgan qöşimça import bojlarini pasaytiriş hamda ayrim turdagi meva-sabzavot importiga örnatilgan çeklovlarni bekor qiliş masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

Muzokaralar yakunida, Turkiyaning inspeksiya, sertifikatlaş, sinov va nazorat xizmatlarini körsatuvçi laboratoriyalar faoliyatini Özbekistonda taşkil etişga kelişib olindi.