Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Tramp kelasi hafta Putin bilan uçraşişni rejalaştirmoqda
AQŞ prezidenti Donald Tramp kelasi haftadayoq Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan şaxsan uçraşişni rejalaştirmoqda. Bu haqda rejalardan xabardor ikki manbaga tayanib, The New York Times (NYT) xabar berdi.
Söngra Oq uy rahbari Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy iştirokida uç tomonlama muzokaralar ötkazişni rejalaştirgan.
Naşr suhbatdoşlariga köra, Tramp 6 avgust kuni Yevropa yetakçilari bilan telefon orqali muloqotda öz niyatini ma’lum qilgan. Bölajak ikkala tadbir ham Yevropa vakillari iştirokisiz ötkaziladi.
6 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff Moskvada uçraşdi. Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov «Ukraina masalasida ba’zi signallar berilgani, tegişli signallar prezident Trampdan ham olinganini» aytdi. Ammo tafsilotlarga töxtalmadi.
AQŞ Rossiya rejalariga javoban Oyda AESni işga tuşirişni tezlaştirişi mumkin
AQŞ Aeronavtika va kosmik makonni tadqiq qiliş milliy boşqarmasi (NASA) rahbari vazifasini bajaruvçi, AQŞ transport vaziri Şon Daffi şu haftada Oyda yadroviy reaktor qurilişini tezlaştiriş rejalarini e’lon qilmoqçi. Bu haqda Amerikaning Politico naşri manbalarga tayanib xabar berdi.
Aytilişiça, agentlik direktivasida Oyda atom elektr stansiyasini qurgan birinçi davlat «AQŞ faoliyatini sezilarli darajada çeklaydigan taqiqlangan hudud e’lon qilişi» mumkinligi bildirilgan. Hujjatda, şuningdek, NASA'ga 60 kun içida loyiha menejerini tayinlaş va kompaniyalardan 2030 yilgaça Oyda 100 kilovattlik yadro reaktorini işga tuşiriş böyiça takliflar oliş körsatmasi berilgan. Ilgari rejalar unçalik ambitsiyali va aniq bölmagan: taqqoslaş uçun, 2022 yildan beri agentlik Oyda 100 kilovattlik yadroviy reaktorni "2030-yillar boşigaça" işga tuşiriş böyiça tadqiqotni moliyalaştirgan.
Bundan taşqari, naşrning yozişiça, Daffi Xalqaro kosmik stansiyani bir neçta tijorat stansiyalari bilan almaştiriş böyiça direktivani taklif qilgan. Agentlik olti oy içida işlab çiqaruvçi bilan şartnoma imzolaşni rejalaştirmoqda. Loyihaga qiziqiş, jumladan, Axiom Space, Vast va Blue Origin kompaniyalari tomonidan bildirilgan. Qayd etilişiça, ikkala qaror ham AQŞga Oy va Marsni tadqiq qiliş böyiça Xitoy loyihalaridan oldinga ötiş imkonini berişi mumkin. «Gap ikkinçi kosmik poygada ğalaba qozoniş haqida ketyapti», dedi agentlikning yuqori martabali xodimi.










