Rossiya prezidenti Vladimir Putinning aytişiça, Birlaşgan Arab Amirliklari Donald Tramp bilan bölajak uçraşuv uçun «juda mos joy» böladi.

«Bunday tadbirni taşkil etişda bizga yordam berişga tayyor bölgan köplab döstlarimiz bor. Döstlarimdan biri BAA prezidenti. Öylaymanki, biz buni hal qilamiz, lekin bu juda mos joylardan biri bölardi», dedi Putin Kremlda Rossiyaga kelgan BAA prezidenti bilan uçraşuvi çoğida jurnalistlarga.

Putinning qöşimça qilişiça, umuman olganda, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşişga qarşi emas, biroq avval, «bir neça bor aytganidek» «muayyan şaroitlar yaratilişi» kerak – bungaça esa «hozirça uzoq».

Rossiya prezidenti sözlariga köra, uning Tramp bilan uçraşuviga «har ikki tomondan ham qiziqiş bildirilgan». Uning yordamçisi Yuriy Uşakov uçraşuvni Amerika tomoni taklif qilganini aytdi. Oq uyning ta’kidlaşiça, taşabbus Rossiya tomonidan ilgari surilgan.

Bir kun avval Vladimir Putin Kremlda AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoffni qabul qilgan bölsa, ertasi kuni Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov Putin va Donald Trampning şaxsiy uçraşuviga tayyorgarlik körilayotganini ma’lum qildi.

Uşakov sözlariga köra, u «yaqin vaqt içida» bölib ötadi. Uçraşuv joyi allaqaçon kelişilgan, biroq bu haqda keyinroq e’lon qilinadi.