AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuvi imkoniyatlarini «yaxşi» deb baholadi. 6 avgust, çorşanba kuni Oq uyda bölib ötgan matbuot anjumanida Tramp jurnalistning «Putin va Zelenskiy uçraşuvga rozi bölganmi?» degan savoliga: «Uşbu uçraşuv tez orada bölib ötişi uçun yaxşi imkoniyat bor», deb javob berdi.

Trampning tuşuntirişiga köra, hozirça bunday uçraşuv ötkaziladigan joy böyiça qaror qabul qilinmagan. Şu bilan birga, Amerika rahbari Moskvaning savdo hamkorlariga qarşi ikkilamçi sanksiyalar joriy etilişini istisno etmadi. Biroq, u tegişli qarorni «keyinroq» qabul qilişini aytdi.

6 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff örtasida Kremlda uç soat davom etgan uçraşuvdan söng, AP agentligi Oq uyning ismi oşkor etilmagan vakiliga tayanib, Tramp Putin bilan 11 avgustdan boşlanadigan haftadayoq uçraşişi mumkinligini xabar qildi.

Xuddi şunday ma’lumot şu kuni keçqurun Germaniyaning dpa agentligi tomonidan tarqatildi. Germaniya hukumati doiralaridagi manbalarga köra, Tramp yaqin orada Putin bilan uçraşib, Ukrainadagi uruşni tugatiş böyiça muzokaralar ötkazmoqçi.