Çorşanba kuni keçqurun, Amerika prezidenti maxsus vakili Stiv Uitkoff Moskvadan uçib ketişi bilanoq, ğarbdagi naşrlar öz manbalariga tayanib keyingi haftada Donald Tramp va Vladimir Putinning özaro uçraşuvi, keyin esa Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy iştirokida uçtomonlama uçraşuv ötkazilişi mumkinligi haqida yoza boşladi.
Tramp muzokaralar yakunida avvaliga Uitkoff Moskvada Putin bilan juda samarali uçraşuv ötkazganini aytdi, keyinroq jurnalistlar bilan muloqot çoğida Ukrainadagi uruşni tugatiş masalasini muhokama qiliş uçun yaqin orada Rossiya rahbari bilan uçraşişi mumkinligini tasdiqladi.
BBC prezidentlarning ehtimoliy uçraşuvi haqida nimalar ma’lumligini körib çiqdi.
Ikki tomondan signallar
Uitkoffning Putin bilan Kremldagi beşinçi uçraşuvi, aprel oyi oxiridagi sönggi uçraşuvda bölgani kabi taxminan uç soatga yaqin davom etgan. Uitkoff Moskvaga Donald Trampning Ukrainadagi sulh böyiça ultimatumi tugaşiga ikki kun qolganida taşrif buyurdi.
«Sezilarli yutuqlarga erişildi! Şundan söng, ba’zi yevropalik ittifoqçilarimizni xabardor qildim. Hamma bu uruşni tugatiş kerak degan fikrga qöşiladi va biz yaqin kunlar va haftalarda buning ustida işlaymiz. Bu masalaga e’tiboringiz uçun taşakkur!» – deb yozdi Tramp muzokaralardan söng Truth Social ijtimoiy tarmoğida.
Putinning yordamçisi Yuriy Uşakov uçraşuvdan söng «Ukraina inqirozi» hamda «Rossiya va AQŞ örtasidagi strategik hamkorlikning ehtimoliy rivojlaniş istiqbollari» haqida «juda foydali va konstruktiv suhbat bölib ötgani»ni qayd etdi.
Uning sözlariga köra, Rossiya tomoni Amerika ma’muriyatiga «ba’zi signallar»ni yuborgan hamda AQŞdan tegişli signallarni olgan, u hozirça batafsil izoh berişdan tiyilişini qöşimça qilgan.
Fox News telekanalining Amerika ma’muriyati vakiliga tayanib ta’kidlaşiça, Uitkoff Moskvadagi muzokaralarda Putindan Donald Tramp bilan uçraşişga tayyorligi va xohişi haqida signal olgan.
«Vladimir Putin bugun Moskvada Stiv Uitkoffga Tramp bilan uçraşmoqçi ekanini aytdi», – dedi telekanal muxbiri efirda.
CNN telekompaniyasi ham Oq uyning ikki vakiliga tayanib Putinning özi Kremlda Uitkoff bilan muzokaralar çoğida Tramp bilan uçraşuv ötkazişni taklif qilganini xabar qildi.













