Nizom oilaviy nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarida tarbiyalanayotgan ayrim toifadagi oilalar farzandlarining bola ta’minoti uçun ota-onalar tölovining 40 foizini davlat budjetidan qoplab beriş tartibini belgilaydi.
Ayrim toifadagi oilalar farzandlarini nodavlat ta’lim taşkilotlariga jalb qilişning maqsadi – mazkur toifadagi oila farzandlarini maktabgaça ta’lim bilan qamrab oliş körsatkiçlarini yanada yaxşilaşdan iborat.
Ayrim toifadagi oilalarning farzandlari töğrisidagi ma’lumotlar «Bolalar boğçasi» maktabgaça ta’limni boşqariş axborot tizimida «Raqamli hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalaşuv platformasi orqali şakllantiriladi va «Nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarini boşqariş» axborot tizimiga uzatiladi.
Kompensatsiya tölanadigan ayrim toifadagi oilalar farzandlari röyxati axborot tizimi tomonidan avtomatik ravişda quyidagi tartibda aniqlanadi:
- nodavlat ta’lim taşkilotida qabul qilingan ayrim toifadagi oilalar farzandlari soni belgilangan miqdordan köp bölganda ayrim toifadagi oilalarning «qizil», «sariq» toifasiga qarab ustuvorlik beriladi;
- bir xil toifadagi oilalar farzandlari soni nodavlat ta’lim taşkilotida belgilangan miqdordan köp bölganda, ularning nodavlat ta’lim taşkilotiga qabul qilingan sanasiga qarab ustuvorlik beriladi;
- ayrim toifadagi oilalar farzandlari nazarda tutilgan imtiyozlardan töliq foydalanib, röyxatdan çiqarilgandan söng, ularning örniga yuqoridagi band talablari asosida ayrim toifadagi oilalar farzandlari uçun kompensatsiya belgilanadi.
Kompensatsiya tölab berilişi belgilangan ayrim toifadagi oilalar farzandlari töğrisidagi ma’lumotlar nodavlat ta’lim taşkilotining axborot tizimidagi şaxsiy kabinetida aks etadi.
Ayrim toifadagi oilalar, farzandlarining bola ta’minoti uçun kompensatsiya belgilangani yoki töxtatilgani haqida quyidagiça xabardor qilinadi:
- şaxsiy telefon raqamiga sms-xabar yuboriladi yoki mobil ilova orqali ma’lumot taqdim etiladi;
- nodavlat ta’lim taşkiloti rahbari tomonidan oğzaki yoki yozma şaklda xabardor qilinadi.
Ayrim toifadagi oilalarning ota-onalar badali tölovlarini qoplaş uçun nodavlat ta’lim taşkilotiga kompensatsiya tegişli hududdagi 9 soatlik iş rejimidagi davlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari uçun belgilangan ota-onalar badali tölovlari miqdoridan kelib çiqib belgilanadi:











