Özbekistonda 6 iyundan e’tiboran jismoniy şaxslar öz nomiga kredit rasmiylaştirilişini taqiqlaş imkoniyatiga ega böldi. Bu xizmat bepul bölib, undan davlat xizmatlari markazlari, YaIDXP (my.gov.uz) va “Kredit-axborot tahliliy markazi” byurosi saytida foydalaniş mumkin.
Byuroning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, 1 avgust holatiga köra, 73 346 özbekistonlik uşbu xizmatdan foydalangan. Şundan 22 197 nafari yoki 30 foizi – ayollardir.
Öz-öziga kredit olişga taqiq qöyganlarning yoş kesimida taqsimoti quyidagiça:
- 26 yoşgaça (11 694 nafar) – 16 foiz
- 26-35 yoş (24 857 nafar) – 34 foiz
- 36-45 yoş (20 216 nafar)– 28 foiz
- 46-55 yoş (9856 nafar) – 13 foiz
- 56 yoşdan yuqori (6723) – 9 foiz
Ma’lumot uçun, uşbu taqiqni faollaştiriş orqali fuqarolar özlari bexabar bölgan holda ularning nomiga kredit bitimi rasmiylaştirilişining oldini olgan böladi.
Bu boradagi qonun şu yil mart oyida imzolangan edi. Qonunga köra, jismoniy şaxslarga öz nomiga kredit rasmiylaştirişni taqiqlaş uçun yozma yoki elektron şaklda YaIDXP, davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolariga murojaat qilişlari mumkin. Taqiq kiritiş ham, taqiqni yeçiş ham bepul amalga oşiriladi.
Eslatib ötamiz, 2024 yil 20 iyundan boşlab, fuqarolar özlarining kredit tarixi olinişiga çeklov örnatiş imkoniyatiga ega bölgandi.










