Rossiya va AQŞ yaqin kunlarda ikki davlat prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp örtasida uçraşuv ötkazişga kelişib oldi. Bu haqda 7 avgust, payşanba kuni Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov ma’lum qildi.

«Amerika tomonining taklifiga köra, yaqin kunlarda ikki tomonlama sammit, ya’ni prezident Vladimir Putin va Donald Tramp örtasida uçraşuv ötkaziş töğrisida prinsipial kelişuvga erişildi», — deya Uşakov sözlaridan iqtibos keltirmoqda TASS davlat axborot agentligi.

Rossiya prezidenti yordamçisining sözlariga köra, uçraşuv kelasi hafta bölib ötişi kutilmoqda, Moskva va Vaşington unga tayyorgarlik körişni boşladi. Uşakovning qöşimça qilişiça, ötkaziş joyi kelişilgan, ammo keyinroq ma’lum qilinadi.

Rossiya Federatsiyasi va AQŞ rahbarlarining yuzma-yuz muzokaralariga tayyorgarlik Tramp tomonidan Ukrainada öt oçişni töxtatiş kelişuviga erişiş uçun belgilangan muddat tugaşidan bir kun oldin olib borildi. Agar Moskva tinç yöl bilan kelişuvdan boş torsa, Tramp Rossiya energetika resurslarining eng yirik xaridorlariga qarşi ikkilamçi sanksiyalar qöllaş bilan tahdid qilgan.