Şikast yetkazmasdan qismlarga ajratiş imkoniyati bölmagan öta oğir uskunalar, turli sanoat agregatlari, elektrostansiya qurilmalari, katta hajmli metall konstruksiyalar şu kabi yuklar sirasiga kiradi. Logistika tilida bunday nostandart yuklarini taşiş bilan boğliq yirik operatsiyalar loyihaviy yuk taşuvlari deb ataladi.
Milliy taşuvçilarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasidagi sa’y-harakatlar natijasida özbek milliy taşuvçilari ilk marotaba Xitoy Xalq Respublikasidagi işlab çiqaruvçi korxonalar hududidan katta hajmli va oğir vaznli yuklarni avtomobil transportida töğridan töğri taşuvlarini amalga oşirişni boşladi.
Ayni damda har birining oğirligi 270 tonnadan yuqori bölgan yuk modullari maxsus transport vositalarida Xitoydan Surxondaryo viloyatiga yetkazilmoqda. Mazkur yuk modullari Surxondaryo viloyatida qurilayotgan issiqlik elektr stansiyasi uçun işlab çiqarilgan uskunalardir.
Taşuv aniq belgilangan yönaliş böyiça tegişli ruxsatnoma asosida amalga oşirilmoqda.











