Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Tramp endi Putindan Zelenskiy bilan uçraşişni talab qilmayapti

AQŞ prezidenti Donald Tramp, agar Ukraina yetakçisi Volodimir Zelenskiy bilan uçraşmasa ham, Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan sammitga tayyor ekanini aytdi. Oq uy hali ham tafsilotlarni işlab çiqmoqda, dedi 7 avgust, payşanba kuni matbuot kotibi Kerolayn Livitt.

Trampning izohi Putinning kelasi hafta, ehtimol Birlaşgan Arab Amirliklarida AQŞ yetakçisi bilan şaxsan suhbatlaşişga umid qilayotgani haqidagi sözlari ortidan berildi, deb eslatadi AP agentligi.

Jurnalistning Putinning Zelenskiy bilan uçraşuvi Rossiya yetakçisining Tramp bilan muzokaralari uçun şart bölişi kerakmi, degan savoliga u şunday javob berdi: «Yöq, unga (Putin) buning uçun Ukraina rahbari bilan uçraşiş kerak emas. Yöq».

Oq uy matbuot kotibi 7 avgust kuni avvalroq AP agentligiga Putin Zelenskiy bilan şaxsan uçraşişga rozi bölmasa, AQŞ-Rossiya sammiti bölib ötmasligini aytdi, biroq keyinroq bunday ssenariy sammit ehtimolini kamaytiradi, deb aniqlik kiritdi.

Isroilda Ğazo şahrini nazorat ostiga oliş ma’qullandi

Isroil xavfsizlik mahkamasi Falastinning HAMAS harakatini «mağlubiyatga uçratiş» va Ğazo şahri ustidan nazorat örnatiş rejasini ma’qulladi. Bu haqda 8 avgust, juma kuni AP va Reuters agentligi xabar berdi. Bu qaror isroillik yuqori martabali amaldorlarning tungi uçraşuvidan söng — uruşni töxtatişga qaratilgan xalqaro çaqiriqlar kuçayib borayotganiga va HAMAS tomonidan garovga olinganlar taqdiridan qörqqan köplab isroilliklarning noroziliklariga qaramay qabul qilindi.

Boş vazir Binyamin Netanyahu avvalroq Fox News telekanaliga bergan intervyusida bir qator rejalar haqida gapirib, Isroil butun Ğazo sektorini nazorat qilişni rejalaştirayotganini aytgan edi. Isroil armiyasi allaqaçon eksklavning törtdan uç qismini nazorat qilmoqda.

Isroil mudofaa kuçlari (TSAHAL) Ğazo şahriga bir neça bor havo hujumlari va reydlar uyuştirdi. Biroq, bu eksklavning Isroil bufer zonasiga aylantirilmagan va evakuatsiya qilinmagan kam sonli hududlaridan biridir.

Hududda quruqlikdagi yirik operatsiya ön minglab odamlarni köçirişi va oziq-ovqat yetkazib berişga tösqinlik qilişi mumkin, deya qayd etdi AP.

Rossiya «Vagner»ni «Afrika korpusi» bilan almaştirmoqçi

2023 yilda Yevgeniy Prigojin vafotidan keyin Rossiya Markaziy Afrika Respublikasi (MAR)dagi "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasini Rossiya Mudofaa vazirligi nazorati ostidagi «Afrika korpusi» bilan almaştirişga va iş uçun tölovni mineral resurslarda emas, balki naqd pulda olişni boşlaşga harakat qilmoqda. Bu haqda AP agentligi xabar berdi. 7 avgust, payşanba kuni AFP xabariga köra, sönggi paytlarda MARda xavfsizlik bilan boğliq vaziyat biroz yaxşilangan.

Xususiy harbiy kompaniya MAR prezidenti Fostena-Arkanja Tuadera va uning hukumatini qöriqlaydi. Buning evaziga u oltindan foydalaniş imkoniga ega böldi.

MAR harbiy mulozimining AP agentligiga aytişiça, Rossiya mudofaa vaziri örinbosari şu yil boşida mamlakatga bir qator taşriflar çoğida "Vagner guruhi" örniga "Afrika korpusi"dan foydalaniş va uning xizmatlari uçun haq tölaş talablarini qöygan.

Yunus-Bek Yevkurov, jumladan, mart oyida MARga taşrif buyurgan.

Tramp: Paşinyan va Aliyev 8 avgust kuni tinçlik bitimini imzolaydi

AQŞ prezidenti Donald Tramp Ozarboyjon rahbari Ilhom Aliyev va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyanni 8 avgust kuni ikki davlat örtasidagi uzoq yillik mojaroga barham berişga qaratilgan «tarixiy tinçlik sammiti» doirasida qabul qilişini tasdiqladi. Amerika yetakçisi tegişli xabarni 7 avgust, payşanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğida joylaştirdi.

Paşinyan va Aliyev «tinçlik kelişuvini rasmiy imzolaş marosimida Oq uyda men bilan birga böladi», deb yozgan Tramp.

Uning sözlariga köra, Vaşington, şuningdek, Janubiy Kavkaz salohiyatini oçişga yordam beradigan «iktisodiy imkoniyatlarni bölişiş böyiça ikki davlat bilan» ikki tomonlama kelişuvlarni ham imzolaydi.

«Köplab yetakçilar uruşni tugatişga urinib kördi, ammo hozirgaça muvaffaqiyatsizlikka uçradi — «TRAMP tufayli (özgariş bor)», — deb yozdi u.

«Mening ma’muriyatim ança vaqtdan beri har ikki tomon bilan muzokaralar olib bormoqda», — deya qöşimça qildi AQŞ prezidenti va u «töğri iş qilgani uçun bu jasur rahbarlar bilan juda faxrlanişini» ta’kidladi.

Ukrainaliklar Rossiya-Gurjiston çegarasida oçlik e’lon qildi

Rossiyadan çiqarib yuborilganidan keyin Gurjiston bilan çegarada qolib ketgan kamida 15 nafar Ukraina fuqarosi oçlik e’lon qildi. Ular Gurjiston bojxona xizmati rahbariga tegişli bayonotni taqdim etdi, deb xabar berdi «Novaya gazeta Yevropa» manbalariga tayanib.

Ukrainaliklar Ukraina konsulidan özlari joylaşgan Gurjiston çegarasidagi «Yuqori Lars — Daryali» nazorat-ötkaziş punktining bufer zonasiga kelişini talab qilmoqda. Şuningdek, ular tibbiy yordam, qölga olinganlik sabablari va huquqiy maqomi, Ukrainaga ötiş va Rossiyaga qaytmaslik kafolatlari hamda özlari saqlanayotgan yertöladan ozod etilişini söramoqda.

Oçlik e’lon qiliş haqidagi bayonot Ukrainaning Gurjistondagi elçixonasiga, Gurjiston ombudsmani idorasiga, Gurjiston Boş prokuraturasiga, Amnesty International va Human Righs Watch inson huquqlari taşkilotlari hamda BMTning Gurjistondagi qoçqinlar işlari böyiça agentligiga ham yuborilgan.

«Daryali» Rossiyadan çiqarib yuborilgan ukrainaliklar mamlakatni tark etişi mumkin bölgan yagona çegara punktidir. 5 iyundan buyon 100 ga yaqin ukrainaliklar, asosan erkaklar derazasiz, tor yertölada, köpçiligi hujjatsiz uşlab turilibdi. Ulardan ba’zilari jazo muddatini ötab, Rossiyadan deportatsiya qilingan sobiq mahbuslar, ba’zilari esa Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişiga qarşi çiqqan tinç fuqarolardir.