AQŞ prezidenti Donald Tramp, agar Ukraina yetakçisi Volodimir Zelenskiy bilan uçraşmasa ham, Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan sammitga tayyor ekanini aytdi. Oq uy hali ham tafsilotlarni işlab çiqmoqda, dedi 7 avgust, payşanba kuni matbuot kotibi Kerolayn Livitt.
Trampning izohi Putinning kelasi hafta, ehtimol Birlaşgan Arab Amirliklarida AQŞ yetakçisi bilan şaxsan suhbatlaşişga umid qilayotgani haqidagi sözlari ortidan berildi, deb eslatadi AP agentligi.
Jurnalistning Putinning Zelenskiy bilan uçraşuvi Rossiya yetakçisining Tramp bilan muzokaralari uçun şart bölişi kerakmi, degan savoliga u şunday javob berdi: «Yöq, unga (Putin) buning uçun Ukraina rahbari bilan uçraşiş kerak emas. Yöq».
Oq uy matbuot kotibi 7 avgust kuni avvalroq AP agentligiga Putin Zelenskiy bilan şaxsan uçraşişga rozi bölmasa, AQŞ-Rossiya sammiti bölib ötmasligini aytdi, biroq keyinroq bunday ssenariy bunday sammit ehtimolini kamaytiradi, deb aniqlik kiritdi.











