8 avgust, juma kuni Financial Times gazetasi AQŞ Bojxona va çegara nazorati xizmati buyruğiga tayanib, AQŞ xalqaro savdoda qöllanadigan bir kilogrammlik oltin quymalari importiga bojlar joriy qilgani töğrisida xabar berdi.

AQŞ rasmiylari bunday turdagi quymalar 39 foizlik boj tölanadigan bojxona kodeksiga muvofiq tasniflanişi kerak, degan qarorga keldi. FT ta’kidlaşiça, bu qaror «sanoatdagi oldingi taxminlardan keskin farq qiladi», unga köra bunday turdagi quymalar tariflarga böysunmaydi.

Bunday bir kilogrammli quymalar dunyodagi eng yirik metallar fyuçers bozorida, Nyu-Yorkdagi Comex birjasida eng köp sotuv şakli bölib, Şveytsariya oltin quymalarining AQŞga eksport qilinadigan asosiy qismini taşkil qiladi.

Sönggi 12 oy içida Şveytsariya AQŞga 61,5 milliard dollarlik oltin eksport qildi, deb yozadi FT. Naşr hisob-kitoblariga köra, ayni miqdorga endi qöşimça 24 milliard dollarlik boj tölanadi. Ötgan hafta AQŞ Şveytsariyadan import qilinadigan mahsulotlarga 39 foizlik boj joriy qildi. Oltin quymalarining ham unga böysunişi «jahon oltin quyma bozorini özgartiriş va Şveytsariyaga yana bir zarba beriş» bilan tahdid qiladi, deydi FT bilan suhbatlaşgan tahlilçilar.