Germaniya kansleri Fridrix Mers va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQŞ prezidenti Donald Trampning tinçlikka erişişga qaratilgan vositaçilik qadamlarini olqişladi, dedi Germaniya hukumati matbuot kotibi Ştefan Kornelius ikki yetakçi örtasidagi telefon suhbati yakunlari böyiça.
Korneliusning sözlariga köra, Mers va Zelenskiy AQŞ maxsus vakili Stiven Uitkoffning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqindagi uçraşuvidan keyingi voqealarni muhokama qilgan. Ikkala siyosatçi ham Rossiya xalqaro huquqqa zid bölgan tajovuzkor uruşni töxtatişi kerakligini tasdiqladi.
Kansler va Ukraina prezidenti öz harakatlarini yevropalik hamkorlar va AQŞ bilan yaqindan muvofiqlaştirişga kelişib oldi. «Uşbu uruşni tugatiş parametrlari Yevropaning önlab yillardagi xavfsizlik tizimini belgilab beradi», — deb yozdi Zelenskiy özining Telegram-kanalida. U Ukraina Yevropaning ajralmas qismi ekanligini, Yevropa davlatlari muzokaralarda iştirok etişi kerakligini ta’kidladi.
Kiyevdan olingan ma’lumotlarga köra, Tramp avvalo Putin bilan şaxsiy uçraşuv ötkazişni, keyin esa Zelenskiy iştirokida muzokaralarni uç tomonlama formatga kengaytirişni rejalaştirgan. Ammo Kreml hozirça Rossiya va Ukraina rahbarlarining ehtimoliy uçraşuvi haqida aniq bayonotlar berişdan özini tiyib turibdi.











