Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Tramp 15 avgust kuni Alyaskada Putin bilan uçraşişini e’lon qildi
AQŞ prezidenti Donald Tramp 15 avgust kuni Alyaskada Rossiya yetakçisi Vladimir Putin bilan uçraşişini ma’lum qildi. Tegişli xabar Truth Social ijtimoiy tarmoğida e’lon qilindi.
«Men, Amerika Qöşma Ştatlari prezidenti va Rossiya prezidenti Vladimir Putin örtasidagi uzoq kutilgan uçraşuv kelasi juma, 2025 yil 15 avgust, Alyaska buyuk ştatida bölib ötadi. Qöşimça tafsilotlar keyinroq e’lon qilinadi», deb yozgan u. Bundan biroz oldin Tramp Oq uyda jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Rossiya va Ukraina örtasidagi potensial tinçlik kelişuvi qandaydir «hudud almaşinuvi»ni öz içiga olişini aytdi. «Özaro manfaat uçun qandaydir hududlar almaşinuvi böladi... Nimadir qaytaramiz, nimadir almaştiramiz», — dedi u va yaqin orada bu borada aniq suhbat bölişini qöşimça qildi.
Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov Donald Tramp va Vladimir Putin uçraşuvi 15 avgust kuni Amerikaning Alyaska ştatida bölib ötişini tasdiqladi. Rossiya va AQŞ yaqin qöşnilar, şuning uçun Putin va Tramp örtasidagi uçraşuv Alyaskada bölib ötişi mantiqan töğri keladi, deb yozadi RIA "Novosti" Rossiya davlat axborot agentligi Uşakov sözlariga asoslanib. Uçraşuvga tayyorgarlik oson jarayon bölmaydi, lekin tomonlar bu borada faol işlaydi, dedi Uşakov.
«Moskva va Vaşington, albatta, yaqin bir neça kunni Alyaskadagi sammitning amaliy va siyosiy parametrlarini eng faol va jadal rivojlantirişga bağişlaydi. Va bu, aftidan, oson jarayon bölmaydi, lekin biz bu borada faol va jadal işlaymiz», — deya Uşakov sözlaridan iqtibos keltiradi "Interfaks" agentligi.
Uşakovning sözlariga köra, prezidentlar asosiy e’tiborni Ukrainadagi uruşni uzoq muddatli tartibga solişga qaratadi. Alyaskadagi muzokaralardan söng Putin va Trampning navbatdagi uçraşuvi Rossiya hududida bölib ötişi mumkin — «tegişli taklif allaqaçon AQŞ prezidentiga yetkazilgan», deya qöşimça qildi Rossiya davlati rahbarining yordamçisi.
Yerevan va Boku harbiy harakatlarni töxtatişga kelişib oldi
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan Donald Tramp iştirokida harbiy harakatlarni töxtatiş haqidagi kelişuvni imzoladi. Marosim yetakçilar sammiti ötgan Oq uyda bölib ötdi.










