Qöşma Ştatlar AQŞga mikrosxemalar va yarim ötkazgiçlar importiga tariflar joriy qilişi mumkin. Qöşimça tariflardan ozod qiliş uçun texnologiya kompaniyalaridan AQŞga sarmoya kiritiş söraladi, dedi prezident Donald Tramp Apple boş direktori Tim Kuk bilan uçraşuvda.

Tramp bu «Apple» kabi kompaniyalar uçun yaxşi yangilik bölişiga işonç bildirdi, çunki ularga Qöşma Ştatlardagi işlab çiqarişga sarmoya kiritiş orqali qöşimça bojlardan qoçiş imkoniyati beriladi.

Apple kompaniyasi Trampning AQŞga 100 milliard dollar sarmoya kiritiş taklifini qabul qilişga tayyor, deya ma’lum qildi uning boş direktori uçraşuvda. Kukning sözlariga köra, bu mablağlar yaqin tört yil içida Apple mahsulotlari uçun butlovçi qismlar işlab çiqarişni kengaytirişga yönaltiriladi. Bunda Apple boşqa narsalar qatori Texasdagi Texas Instrumens va Arizonadagi Amcor bilan hamkorlik qiladi, deya qöşimça qildi u.

Yangi qoidalardan Amerika texnologik korporatsiyalari yetkazib beruvçilari, xususan, şişa komponentlar işlab çiqaruvçi Corning kompaniyasi foyda olişi kutilmoqda. Kelajakda AQŞda işlab çiqarilgan şişa komponentlar butun dunyoda işlab çiqarilgan iPhone va Apple soatlarida qöllanadi, dedi Kuk. 2007 yilda birinçi iPhoneʼlarda Corning tomonidan işlab çiqarilgan maxsus şişadan foydalanilgan.