Bu haqda Özbekiston delegatsiyasining Xitoy va Qozoğiston çegarasi yaqinida joylaşgan Bojxona xizmatining "Alaşankou" erkin savdo zonasiga taşrifi davomida Alaşankou şahri hokimining örinbosari Şu Şeng Çiang ma’lum qildi.

Hokim örinbosarining aytişiça, mazkur iqtisodiy zonada Xitoyga olib kilayotgan va eksport qilinayotgan mahsulotlarni yetkazib beriş, ön turdagi mahsulotlarga setifikatlar taqdim etiş, bojxona bilan boğliq hujjatlarni rasmiylaştiriş va logistika xizmatlari böyiça amaliy yordam körsatiladi.

Şuningdek, iqtisodiy zonada tadbirkorlar tomonidan bir neça yirik omborlar taşkil etilgan. Ular mahsulotlarni saqlaş, yuklaş va hujjatlarni rasmiylaştirişga kömaklaşadi.

Uşbu yirik majmua 2011 yilda "Bir makon – bir yöl taşabbus doirasida taşkil etilgan. Bu yerdan mahsulotlar Xitoydan Yevropaga va Xitoydan Markaziy Osiyo mamlakatlariga, şu jumladan Özbekistonga yetkazib beriladi.

Mahsulotlar asosan poyezdda va yuk avtomobillarida taşiladi. Xususan, 2024 yilda poyezd orqali 7684 ta taşuvlar amalga oşirildi. Bu raqamlar 2023 yilga nisbatan qariyb 16 foizga köpdir. Şuningdek, xorijdan kirgan 40 million tonna mahsulot Xitoy hududlariga yetkazib berilgan.

Hokim örinbosari, şuningdek, Özbekiston tomoni bilan hamkorlikka alohida töxtalib ötdi.

"Özbekistondan asosan quritilgan mevalar va tovuq oyoqçalari eksport qilinyapti, – dedi Alaşankou şahri hokimining örinbosari Şu Şeng Çiang. – Bu raqamlar juda kam. Ular ikki mamlakat salohiyatiga javob bermaydi. Biz özbekistonlik tadbirkorlar bilan şeriklikni kengaytirişga tayyormiz. Özbek hamkorlarimizning takliflarini eşitişga va ularga Xitoy bozorlariga kirişiga yordam berişimiz mumkin. Masalan, biz asalni Rossiyadan olib kiryapmiz. Bilişimça, Özbekiston asali ham juda şirin va xaridorgir. Özbek tadbirkorlari asal mahsulotlarini zamon talablari asosida qadoqlab eksport qilsa, biz ular uçun Xitoy bozoridan xaridor topişga kömaklaşamiz", – dedi Alaşankou şahri hokimining örinbosari Şu Şeng Çiang.

"Alaşankou" erkin savdo zonasi bilan tanişuv davomida mahsulotlar saqlanayotgan omborlar, yuklarni tuşiriş, qadoqlaş va yuklaş xizmatlari közdan keçirildi.