Ukraina Ukraine Facility Yevropa yordam mexanizmi doirasida 3,2 milliard yevro miqdoridagi törtinçi tranşni oladi, deb xabar berdi Yevropa Ittifoqi kengaşi 8 avgust, juma kuni. Yevropa Ittifoqi eslatganidek, uşbu dastur doirasida moliyalaştiriş birinçi navbatda Ukrainaning makromoliyaviy barqarorligini mustahkamlaş va uning davlat organlari faoliyatini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.

Ukraine Facility qöllab-quvvatlaş mexanizmi 2024 yildan 2027 yilgaça möljallangan bölib, YeIga Ukrainaga şu davrda 50 milliard yevrogaça «barqaror va oldindan taxmin qilinadigan moliyaviy yordam» körsatiş imkonini beradi, deya xabar qilingan Yevrokomissiya saytida.

Bungaça YeI Ukrainaga oraliq moliyalaştiriş körinişida 6 mlrd yevro, avans moliyalaştiriş körinişida 1,89 milliard yevro hamda 4,2 milliard, 4,1 milliard va 3,5 milliard yevrolik uçta tranş ajratgan edi, deya eslatib ötgan YeI kengaşi.

Ukraine Facility mexanizmi böyiça tölovlar Ukrainaning muayyan tiklaniş va islohot rejasini amalga oşirişi, şuningdek, demokratik mexanizmlar, qonun ustuvorligi va inson huquqlarini qöllab-quvvatlaşi bilan çambarças boğliq, deya ta’kidlaydi Yevropa komissiyasi. Ukrainaga tölovlar har çorakda Yevropa komissiyasi şartlar bajarilganini tekşirganidan söng amalga oşiriladi.